Sezaman oldindan: tahqir etadi
Alamli sirlarning bayoni sizni.
Qanday mag‘rurona nafrat-la bizni
Ko‘zingiz hukm etib dog‘lab ketadi!
Men nima istayman? Va qaysi g‘oya
Bilan men ruhimni sizga ochaman?
Va qanday g‘azabli sevinch, xandaga,
Ehtimolki, sabab beraman shundan!
Bir vaqtlar uchrashib men tasodifan,
Mehr uchkunlarin sizda tuyarkan.
Lekin ishonishga botinmagandim:
Yaxshi odatga buysunmadim u kun,
Bezdirgan erkimni qo‘limdan butun
Yo‘qotib qo‘yishni xohlamagandim.
Ayirdi bizlarni yana bir narsa…
Lenskiy mahv bo‘ldi-tolesiz qurbon…
Jahonda qalbimga nima xush esa
Undan men qalbimni uzdim shu zamon:
Hammadan yotsinib, beqayd, 6eg‘avg‘o
O‘ylagan edimki, erkinlik, uzlat
Baxtning adashidir. Rabbim, na zillat!
Qanday adashganman, bu qanday jazo!
Siznigina ko‘rish har minut sayin,
Har yerda soyangiz kabi ergashish,
Lablar tabassumin, ko‘zlar chiroyin
Sevgiga tutilgan ko‘zlar-la ilish.
Sizni uzoq tuyish va ko‘ngil ila
Kamolotingizni anglash, cÿng albat
Oldingizda qotish, qiynoq ichinda
Siniqish va cÿnish… mana shavq, lazzat!
Men bundan mahrumman: siz uchun faqat
Har yerda bosh urib surkalanaman,
Menga har kun qimmat, har soat qimmat:
Men esa ziqlikda isrof qilaman
Umrimning sanoqli kunlarin bekor,
Busiz ham ulardan yuragim bezor.
Bilaman: hayotim yo‘li o‘lchangan,
Lekin menim umrim davomi uchun,
Har tongda ishongan bo‘layki chindan
Siz-la ko‘rishaman kunduz – shu bugun…
Qo‘rkaman: yolvorish, ojiz nolamda
Qahrli ko‘zingiz ko‘rinar birdan
Chirkin bir hiyladan kirdikorgina,-
Kinli itobingiz ham eshitarman.
Bir on bilsaydingiz na qadar dahshat,
Ishqning chanqog‘ida horg‘in dard yutish,
O‘rtanish va aql bilan har soat
Qondagi isyonni bosish, tinchitish;
Yana tizingizni quchish armoni,
Sizning oyoqlarda xo‘ngpa6 yig‘lamoq,
E’tirof, nadomat, o‘tinch, nidoni,
Nima ayta olsam – barchasin demoq,
Holbuki men vazmin, yasama bir tus
Berib so‘zimga ham, ko‘zlarimga ham,
Sokin suhbatlashish va sizga har dam
Shod bo‘lib qarashga bo‘lamen majbur!
Taqdirim shu ekan o‘z-o‘zimga may
Qarshi turish uchun yo‘q menda mador,
Gap tamom: men taslim, sizda ixtiyor,
Men endi beraman taqdirimga tan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”