Taom va yeguliklar nafaqat mazali, balki foydali bo‘lishi ham muhim. Ayniqsa, gap jigar salomatligi haqida borar ekan, taomnoma to‘g‘ri tuzilishi shart. Quyida jigarni tozalovchi va ushbu a’zo hujayralarining tiklanishiga ko‘mak beruvchi mahsulotlar bilan tanishtiramiz.
Zaytun yog‘i + baliq
Har ikki mahsulotda Omega – 3 yog‘ kislotasi bor. U qondagi xolesterin miqdorini me’yorlashtiradi, shuningdek, Omega – 3 hujayra membranasining tuzilishidagi asosiy elementlardan biridir. Haftada bir marta baliqli kun tashkil etish, sabzavotli salatlarga zaytun yog‘ini qo‘shib tanovul qilish jigar uchun foydali.
Brokkoli
Barcha turdagi karamda sulforafan elementi mavjud. Sulforafan yallig‘lanishga qarshi hamda safro ajralishini faollashtiruvchi xususiyatga ega. Bu elementning eng ko‘p miqdori brokkolida to‘plangan bo‘lib, uni kunora iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Yashil sabzavot + ko‘katlar
Mikronutriyentlar manbasi hisoblangan yashil sabzavotlar jigarga xush yoqadi. Har kuni sabzavotli salat tayyorlab, unga ko‘p miqdorda ko‘katlar to‘g‘rash lozim. Vitaminli aralashma jigardagi muhim almashinuv jarayonlarida asqatadi.
Yong‘oq + pista
Yeryong‘oq, yong‘oq, eron yong‘og‘i va kungaboqar pistasida arginin aminokislotasi mavjud. Arginin jigar hujayrasining tiklanishida muhim vazifani bajaradi. Mutaxassislar har kuni yarim siqimdan (allergiyaga moyilligingiz bo‘lmasa) yong‘oq (barcha xili) iste’mol qilishni tavsiya etishadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”