17:24 / 04.03.2019
7 935

“Ota-onangiz koʻngli zinhor ranjimasin”

“Ota-onangiz koʻngli zinhor ranjimasin”
Barcha narsa aslida sobit va barqaror, asli bilan bogʻlangan boʻlsa mustahkam boʻladi. Aslidan uzilgan har qanday narsa xor va xarob boʻladi.
Kishining asli ota-onasidir. Uning oʻsib-ulgʻayishi ota-onasi bilan bogʻliq. Ota-onasidan uzilgan biror kimsaning tolei hanuz baland boʻlmagan va boʻlmaydi.

Ota-onasidan yo ularning biridan uzilgan kimsa “oq” deb ataladi. Ota-onadan uzilish ularni ranjitishdir. Ularning qalbiga ozor yetkazgan farzand “oq”dir.
Dinimizda ota-onani xafa va norozi qilish harom qilinib, ulkan gunohlar qatorida sanalgan. Ularni hurmat qilishga buyurilgan.

“Parvardigoringiz faqat Oʻziga qullik etishingizni va ota-onaga yaxshilik qilishingizni qatʼiy hukm etdi. Agar ota-onaning birlari yo ikkisi huzuringizda keksalikka yetsa, hatto ular huzurida “uf” deya koʻrmang!. Ularga halimlik ila yumshoq soʻzlang! Ularga tavozuʼli boʻling! “Parvardigoro, ular meni yoshligimda tarbiya qilganlari sababli ularga rahm et!” deb ularni duo qiling”. (“Isro” sura 23 - 24-oyatlari)

Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam, bunday deganlar: “Alloh taolo sizlarga ota-onani ranjitishni, xasislik va tilanchilikni, qizlarni tiriklay koʻmishni harom qildi. Safsata va behuda gaplardan, nooʻrin savollardan, molni isrof qilishdan sizlarni qaytardi” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Hazrat Luqmoni Hakim bunday dedilar: «Ey oʻgʻlim! Kim ota-onasini rozi qilsa, Alloh taoloni rozi qiladi. Kim ota-onasining gʻazabini keltirsa, Alloh taoloning gʻazabini keltiradi. Ey oʻgʻlim! Ota-ona jannat eshiklaridan bir eshiqdir. Agar ular rozi boʻlishsa, jannatga kirasan. Agar ular norozi boʻlishsa, jannatga kirolmaysan...”

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Ota-onangiz koʻngli zinhor ranjimasin”