09:30 / 16.03.2019
7 554

30 yoshdan keyin isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydigan mahsulotlar

30 yoshdan keyin isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydigan mahsulotlar
Toʻgʻri ovqatlanish sohasidagi rossiyalik mutaxassislar 30 yoshdan oshgan odamlarga bir qator oziq-ovqat mahsulotlaridan voz kechishni tavsiya qilishmoqda. Bunday mahsulotlar roʻyxatiga kolbasalar, shirinliklar va pishiriqlar kiritilgan.

“30 plyus” avlodi vakillari uchun eng zararli mahsulotlar reytingida shakar va uni saqlovchi barcha mahsulotlar “yetakchilik qilmoqda”. Mutaxassislarning fikricha, shakar teri elastikligini yomonlashtiradi, ajinlar hosil boʻlishiga olib keladi va kollagen (organizmning biriktiruvchi toʻqimasi asosini tashkil qiluvchi va uning mustahkamligini taʼminlovchi oqsil) ishlab chiqarilishini toʻxtatadi.

“Shakarning barcha turlari yetarlicha zaharlidir, ayniqsa yogʻ toʻqimalari uchun. Uning meʼyoridan ortiqcha isteʼmol qilinishi oqibatida yogʻ toʻqimasining surunkali yalligʻlanishi avj oladi, bu esa arterial gipertoniya, ateroskleroz va qand kasalligi kabi yosh bilan bogʻliq kasalliklarga olib keladi. Bundan tashqari, shakar elastin kabi molekulalarning bichilib ketishiga olib keladi, buning oqibatida teri soʻladi”, deb aytmoqda tibbiyot fanlari doktori, parhezshunos Mixail Ginzburg.

Nomaqbul mahsulotlar orasida 2-oʻrinni transyogʻlar saqlovchi mahsulotlar – fastfud va gazaklar egalladi. 30 yoshdan keyin bu mahsulotlarning barchasi organizm tomonidan oʻzlashtirilmaydi. Bu esa ortiqcha vazn va teri keksayishiga olib keladi.

“Transyogʻlar ateroskleroz avj olishi jarayonini kuchli tarzda jadallashtiradi”, deb qoʻshimcha qildi mutaxassis.

Antireytingning keyingi oʻrnini kolbasa mahsulotlari, ayniqsa katta miqdorda konservantlar, taʼm kuchaytirgichlari va stabilizatorga ega turlari egallagan. “Gap goʻshtni chuqur qayta ishlash bilan bogʻliq barcha mahsulotlar haqida bormoqda. Qizil goʻsht ham bu roʻyxatga kiradi. Bunda tezroq keksayish bilan bogʻliq aloqa bor”, deb taʼkidlab oʻtgan parhezshunos.

Mutaxassislar, shuningdek, oq undan tayyorlanadigan mahsulotlarni isteʼmol qilishdan tiyilishni tavsiya qilishmoqda. Bunday mahsulotlar qondagi glyukoza miqdori oshishiga sabab boʻladi.

“Fikrimcha, oq un sanab oʻtilgan mahsulotlardan eng xavfsizidir. Bunda ham shakar kabi mexanizm ishlaydi: bu mahsulotlar juda tez parchalanadi. Biroq oq unga 10 foiz javdar uni yoki bugʻdoy kepagidan qoʻshib, uning zararligini oson yoʻqqa chiqarish mumkin”, deb hisoblamoqda mutaxassis.

Ginzburgning aytishicha, mutaxassislar tomonidan sanab oʻtilgan mahsulotlarning barchasi qarishni tezlashtiruvchi mahsulotlar guruhiga kiradi. Agar inson koʻproq umr koʻrishni istasa, bu mahsulotlarni kamida ehtiyotkorlik bilan, oz miqdorda va asosiy ovqatdan keyin isteʼmol qilishi kerak.

“Men bu roʻyxatga barcha yogʻli mahsulotlarni, ayniqsa hayvon yogʻlari va palmitin kislotasiga boy mahsulotlarni ham kiritgan boʻlardim. Kungaboqar, joʻxori, soya yogʻlari omega-6 yogʻ kislotalariga boy. Ular omega-3ga boy boʻlgan zaytun va zigʻir yogʻlaridan kamroq isteʼmol qilinishi lozim. Siz 30 yoshdan uzoqlashganingiz sari, bu tavsiyalarga qatʼiyroq amal qilishingiz lozim”, deb tavsiya berdi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 30 yoshdan keyin isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydigan mahsulotlar