Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar boʻlsin.
Paygʻambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar boʻlsin.
Bir solih zot uning tavbasi haqida soʻrashdi. U shunday javob berdi: “Bir kuni gunohlarim, kamchiliklarim va Allohga qaytadigan kunim haqida fikr yuritdim. Qarasam, umrim kamayib, gunohlarim esa koʻpayib boryapti. Qaytadigan kunim ham yaqinlashib kelyapti, oʻzim esa tavbaga intilmayapman. Bildimki, bu sinovni togʻlar ham koʻtara olmaydi. Ahvolimning yomonligi haqida oʻylab, uydan chiqdim. Bir tabibning oldidan oʻtib qoldim. Uning oldida odamlar toʻplanib olgan, har biri dori uchun idishlar koʻtarib olgan edi. Men ham borib, tabibdan: «Gunohlarga dori bormi?”, dedim. Tabib bir muddat yerga qarab turdi-da, soʻng boshini koʻtarib, “Agar gunoh qilmoqchi boʻlgan odam kimga osiylik qilayotganini bilsa, gunoh qilmasidan oldin erib ketadi”, dedi. Uyga qaytib ketdim. Oʻshandan beri Mavloimning eshigidan ayrilmayman».
“Solihlar gulshani” kitobidan
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”