Shomga o‘n daqiqa qolgan vaqt edi, uyga shoshish bilan bir vaqtda ishxonada ishlayotgan ustalarning ishidan bir xabar olay deb uy muyulishiga to‘xtadim. Ishlarni ko‘rgach, tikuvchi qizlar bilan yangi ochilgan sex uchun fason tanlash bahonasida suhbat qurib mashinagacha yura boshladik. Sezib turibman, orqamizdan kelayotgan qizlar aynan bizning ustimizdan kulayotgan edi. Suhbatdoshlarim e’tibor qilmadi, ammo mening xushyorligim bor, nima uchun kulmoqda?
Muslimalarga mo‘ljallangan ko‘ylaklarni ko‘rish uchun internet sayti haqida qizlarga aytib turgan vaqtimda, «internetniyam bilisharkan» degan pichingini aniq eshitdim. Hozir shundoq to‘xtab kulish sababini bilmoqchi bo‘ldimu, vaqtimni ayadim. Ozroq yurdikda qizlar to‘g‘riga ketdi, men mashinaga o‘tirdim va ne ko‘z bilan ko‘rayki, ortimizdagi bizning ustimizdan kulgan xonimlar o‘ta zamonaviy «yalong‘ochlar» ekan. Meni mashinaga o‘tirishim ularni kulgusini pichirlashga ulab yuborgan bo‘lsada, qaysidir ma’noda o‘zlariga boqib olishga imkon ham berdi. Mashinani o‘t oldirib qizlar ro‘parasiga yurdim, sarosimaga tushdi. Sal yurib to‘xtab ularga yo‘l berdim, qo‘lim bilan «marhamat» ishorasi ila.. (Chindan dovdirab qolishdi). Ana endi kulminatsion nuqta:...
«Yalong‘och» xonimlarning oldidan o‘tayotgan 8-9 yoshlik ikki bolachalar azbaroyi «oy parilarga» anqayaman deb o‘zini mashinaga urib oldi (yaxshiyam to‘xtab turganim). Chidolmadim, tushdimda parilarga: «Meni egnimdagi ro‘dapodir, ammo sizning bo‘yi bastingiz ro‘dapo. Shu ikki go‘dak ham shaytonga duch kelgandek dovdirab qoldi... Hatto axlat tituvchining egnida ham kiyim bor (ro‘parada ayni vaziyat edi), uyalinglar pari qizlar, uyalinglar...
Ketishdi.., ketdim...
Endi tasvirlay: o‘ta tor lasina, tepa qismi mayka qoringacha, qorin qismi ochiq..
Shu kabilar ham kimningdir qizlari-a to‘g‘rimi? Ammo o‘zbekning qizi...
Qarang bu qisqa hikoya besh daqiqa ichida bo‘ldi. Ammo men shu kabi «ochiq zamonaviylikka» burkangan qizlarga besh daqiqa tugul bir soniya ham o‘g‘illarimning nigohi tushishidan eng ko‘p qo‘rqaman. Ularning bir soniyasini o‘g‘rilaydigan shunday qizlarning yoqasida qo‘lim bo‘ladi.
Shularning uyiga ham sovchi borarmikan? Bularning uyiga borgan yigitning onasi «ostonangizni supurgani keldik, sizda bir gul bor ekan...» dermikan?
... Bular gul emas, bular jamiyatning gullariga qo‘nib, soya solgan pashsha kabidir.
Ikki toifaga bo‘lish niyatidan mutlaqo yiroqman. Biroq nima uchun mentalitet qonini aynituvchilarga qonun yo‘q? Nima uchun guldek o‘g‘illarimizni, turmush o‘rtog‘imizni, aka ukalarimizni xayolini buzuvchi, millat sha’nini oyoq osti qiluvchilarga qonun sukutda?
Ikki qizni ko‘ribla bu xulosani aytmadim..
15 yoshlik o‘smir yigitchalar kirib-chiqayotgan maxsus «domlarni», tunda mast alast sakrayotgan disko klublarni, yo‘l chetida erkak ovlayotgan «kapalaklarni», nikohsiz kun kechirayotgan «layli-majnun» larni.. sanashga yurak dov bermasada...
Bilaman hamma yurtda, hamma jamiyatda bor, ammo bizning yurtdagi qonun ularga emas, boshi (o‘zi) yopiqlargagina ishlaydi. Shunisiga dod deging keladi.
Shom namoziga azon aytildi!
Ruhim chirkin kayfiyatdan azonning sadosi ila ko‘kka bo‘y cho‘zdi! Shukrki, yaxshiyam buyuk din – Islom bor!
Madina MO‘MINOVA
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”