03:15 / 08.05.2019
13 490

Istig‘forning xosiyati

Istig‘forning xosiyati
Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Bir kishining jannatdagi martabasi ko‘tariladi. Shunda u: “Buning boisi nima?” deb so‘raydi. Unga: “Farzanding aytgan istig‘for sababidan (shunday maqomga erishding)”, deyiladi” (Ibn Moja, Ahmad, Tabaroniy rivoyat qilgan).

Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Istig‘forlarning eng ulug‘i: “Allohumma anta robbi. La ilaha illa anta. Xolaqtaniy va ana ’abduka va ana ala ahdika va va’dika mastato’tu. A’uzu bika min sharri ma sona’tu. Abu-u laka bini’matika alayya va abu-u bizanbi. Fag‘fir liy. Fainnahu la yag‘firuz zunuba illa anta” .
(Yo Alloh, Sen mening Rabbimsan. Ibodatlarmizga sendan boshqa sazovor zot yo‘q. Sen meni yaratding. Men Sening bandangman. Qo‘limdan kelganicha men Sening ahdingdaman, va’dangdaman. Qilgan yomon ishlarimdan sendan panoh so‘rayman. Sening menga bergan ne’matlaringni e’tirof qilaman va gunohlarimni ham e’tirof qilaman. Gunohlarimni kechirgin, gunohlarni Sendan boshqa kechirguvchi zot yo‘q)”.

Bizda biron odam vafot etsa, el-yurtga osh berish urf bo‘lgan. Aslida 7, 20, 40 demasdan, muhtoj kishilarni chaqirib taom berilsa, munosib odamlarga xayr-ehson qilinsa, yaxshi albatta. Ammo, ehsondan tashqari o‘tganlar haqiga istig‘for aytilsa, besh vaqt namozdan keyin duo qilinsa, foydasi ko‘proq bo‘ladi.

Chunki, elga yozilgan dasturxon atrofida marhum bir-ikki marta eslanadi. Namozlardan keyin ota-onasi, mo‘min-musulmon ajdodlari haqiga duo qilsa, istig‘for aytsa, uning savobi to‘xtovsiz borib turadi.

Shunday farzandlar bor: ota-onasi o‘tib ketganidan keyin ma’rakalarini dabdaba bilan o‘tkazib, “Ularning ruhini shod qilib qo‘ydim”, deb kalta o‘ylaydi. Yo‘q, ma’rakani chiroyli o‘tkazish bilan ish bitmaydi. Zero, ota-ona farzand qilayotgan ibodatdan, duodan, aytayotgan istig‘fordan manfaat ko‘radi.

Namozlardan keyin: “Yo Alloh, ota-onamni rahmatingga ol, gunohlarini kechir, qabr azobidan saqla!” deb duo qiling. Shunda ota-onangiz ruhi shod bo‘ladi, qabri nurga to‘ladi.

“Istig‘forning 40 xosiyati” kitobidan

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Istig‘forning xosiyati