19:46 / 11.05.2019
4 440

"Uyat bo‘ladi, bolam, uyat..."

"Uyat bo‘ladi, bolam, uyat..."
Kimdir "halol shashliklar bor" deb hayqirsa, kimdir issiq somsa, issiq choy borligini ovoza qiladi, yana kimdir esa plastik kartaga ham savdo qilaverishini jar soladi. Ular asosan o‘rta yoshli kishilar, yigitlar bo‘lgani uchun ovozlari jarangdor yangraydi...

Burchakda bir 60-65 yoshni qoralagan, ko‘rinishidan qarovsiz ekanligi yaqqol namoyon bo‘layotgan onaxon ro‘mol ochib eski kiyilgan kiyimlar, ishlatilgan ro‘zg‘or buyumlari, o‘qilgan kitoblar yoyib o‘tiribdi. Juda tanish chehra... esladim: ishga shoshayotgan paytim bu onaxondan pirashka olib yeb ketardim. Uning hech kimi yo‘qligi, o‘z qornining g‘amini shu yo‘l bilan yeyishi haqida eshitganlarim ham bor edi.

Kitob qiziqishida yoniga yaqinlashdim va "ona, endi pirashka sotmaysizmi?"- deb so‘radim. Onaxonning javobidan qattiq ta’sirlandim, atrofdagi sotuvchi-jarchilarga qaradim-u ko‘zimni yerga oldim:
– Hozir Ramazon oyi-ku, uyat bo‘ladi, bolam, uyat....
Odinaxon Abduvoxobova

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Uyat bo‘ladi, bolam, uyat..."