06:04 / 12.05.2019
5 686

Baraka kelishi va ortishining sirlarini bilasizmi?

Baraka kelishi va ortishining sirlarini bilasizmi?
Bugun Alloh taologa 100 ming qarzi hasana bergandim, sanoqli soatdan keyin bir musulmonni sababchi qilib, menga 10 barobar qilib qaytardi. Men esa u musulmonga Alloh taolodan yana 10 barobar ko‘paytirib berishini so‘radim. Mavzuda yana davom etsak, ixlos ahli yuksalishining (progressiv) formulasi kelib chiqadi. Tushunarli bo‘ldimi gap?

Nega bu formula ishlamay turibdi – nega moddiy va boshqa iqtidorlar o‘zgalarning qo‘lida?

Chunki bu formulani ishlatib yuboradigan “dvijogi” bor. Bu – “yaxshi ko‘rgan narsalaringizni infoq qilmagunlaringizgacha”.

Nechtamiz biron begona qiynalib turgan kishi uchun yakkayu yagona, “tilab olgan” Lasettisini sotib, unga beroladi? Ana, ko‘rdingizmi, nima formulani ishlatmay turipti? 10 ming dollaringizdan 200 dollar infoq qilishingiz formulani ishga solmaydi, og‘aynilar.. Shuning uchun yuribmiz sudralib.

Yana bitta “dvijok”ning xabarini beraymi?

Agar har bir jamoatga to‘g‘ri o‘rnak bo‘la oladigan bitta kishi, ya’ni, yaxshi ko‘rgan narsasini bera oladigan bittadan boshchi – olim kishi bo‘lsa (aytaylik, o‘ziga atalgan hadyalarni yo‘qsillarga berib yuboradigan masjid imomi), va qolganlar undan o‘rnak olsa, unda bu matematika tilida “geometrik progressiya”, degan narsani keltirib chiqaradi. Bu qisqa davrda ishlarimizni rivojlantirib yuboradi. Ishonmaysizmi? Allohning va’dasiga-ya!

Alloh taolo va’dasini e’lon qilib qo‘ygan. Mulki behisob ekanini ham. Gap faqat o‘zimizda qolgan, og‘aynilar..
Muhammad ShAKUR

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Baraka kelishi va ortishining sirlarini bilasizmi?