16:40 / 13.05.2019
5 755

Kofein nimada ko‘proq: qahvadami yoki choyda?

Kofein nimada ko‘proq: qahvadami yoki choyda?
Qaysi ichimlik ko‘proq tetiklantirishi va sog‘liqdan xavotirlanmay qancha ichish mumkinligiga oydinlik kiritamiz.
Kofein – tabiiy modda, u 60 ta o‘simlik tarkibida mavjud. U choyda ham, qahvada ham, kakaoda ham bor. Kofeinsiz ichimliklarni hisobga olmaganda qahvada uning miqdori ko‘proq.

Bir stakanda qancha milligramm kofein mavjudligini aniq aytish imkonsiz. U bir necha omillarga bog‘liq.

Birinchidan, qahva ham, choy ham navi, ishlov berish usuli va hatto tayyorlash usuliga qarab barg va donlardagi kofein miqdori turlicha bo‘ladi.
Ikkinchidan, finjon – keng tushuncha. Kimdir espressoni standart porsiyada ichadi, yana kimdir esa yarim litrli idishga choy quyadi va ana shunday o‘lchamlarda hisoblaydi.
Omadni qarangki, olimlar kofein miqdorini hisoblab chiqishdi va ana shu ma’lumotlarga tayanib, nechanchi finjonda ichishni bas qilish kerakligini taxminan bo‘lsa-da ayta olamiz. Qahva ishqibozlari quyidagi dozalarga umid qilishlari mumkin:

Foto: Layfxaker
Agar yana ko‘proq o‘rtachalashtirilsa, olib ketiladigan qahva stakani – deyarli 95 mg kofein degani.
Oddiy qora va yashil choyda esa kofein ancha kamroq – agar damlashning maxsus usullariga qiziqmasangiz, bir finjonda 50 mg gacha.
Kofein qahvali yogurt va muzqaymoqda ham bo‘ladi.

Foto: Layfxaker
Hech qanday yoqimsiz oqibatlarsiz shifokorlar kuniga 400 mg gacha qahva iste’mol qilishga ruxsat berishadi. Bu ikkitadan oltita finjongacha qahva degani. Kofeinga hammaning reaksiyasi har xil: kimgadir yarim kun charchoq hissini sezmaslik uchun bir finjon espresso yetarli, boshqa birov esa uchinchi kapuchino finjonidan keyin ham uxlab qoladi.

Bu irsiy o‘ziga xosliklarga bog‘liq. Biroq nima bo‘lishidan qat’i nazar kuniga 600 mg dan ko‘proq kofein iste’mol qilish ortiqcha. U bosh og‘rig‘i va yurak o‘ynashi holatlariga olib kelishi mumkin.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kofein nimada ko‘proq: qahvadami yoki choyda?