Ba’zida oynada aksimni ko‘rsam, soqolimni olib tashlagim keladi. Ehtimol bu shaytoniy vasvasadir, bilmadim. Ammo o‘z aksimga qarasam xayolimdan shunday fikrlar o‘tadi:
"Sen bu sunnat amalga loyiq bo‘la olmayapsan, shuncha muhim sunnatlar turib sen ko‘rinishga oid bo‘lgan soqol qo‘yish sunnatini tutibsan, ammo xarom amallardan bo‘lgan kibr, riyo, g‘iybat, chaqimchilik, xolis bo‘la olmaslik, ota onaga ters gapirish, qo‘shni haqlariga rioya qilish, omonatga vafo (omonatni ma’nosi ham juda keng), farzand tarbiyasi vojibotlari, ayolga zulm qilmaslik (ayol ham omonat), yaqinlarga silai rahm qilish, miskinlarga ehson berish... va yana ko‘plab solih amallarni bajarmay o‘zingcha soqol qo‘yib olganingga o‘laymi... Sen oldin o‘sha muhim sunnatlarni bajar, keyin senga soqol yarashadi." degan xayollar o‘tadi.
Ehtimol bu shaytonning vasvasasidir. Chunki, vasvasa ayni iymondir, degan hadis eshitgan edim.
Aslida, har bir inson o‘z qalbiga nazar solishi, o‘z yuragi bilan yolgiz qolib tergab turishi, qalbining eng tubidan chiqayotgan fikrlarni saralab turishi kerak ekan. Shundagina inson o‘zini isloh qila oladi, shundagina jamiyatdagi ijtimoiy aloqalar yuksaladi, shundagina orada ginalarga chek qo‘yiladi.
Zamonamizning eng og‘ir illati bu – har kim birovni xatosi bilan ovora bo‘lib, o‘zini unutishdir. Biz esa dinni xolis Alloh uchun qilishga buyurilganmiz. Vallohu a’lam.
Abdulloh Nurxanov
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi