03:53 / 15.05.2019
4 259

Taomlanishning uch odobi

Taomlanishning uch odobi
Hazrat Ibn Umar, ibn Abu Salama roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Taomlanayotganingda Alloh taoloning nomini tilga ol». Ya’ni «Bismillah» ni aytib, o‘ng qo‘l bilan taomlanishni boshla va o‘zingga yaqin bo‘lgan joydan o‘ng qo‘l bilan taomlan va qo‘lingni idishning boshqa chetiga cho‘zib, taomlanmagin», dedilar».

Bu hadisda ovqatlanishning uch odobi bayon qilinmoqda.

Ovqatlanishlikning birinchi odobi «Bismillah» ni aytmoq

Yana bir hadisda, Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar, sizlardan biringiz taomlanishni boshlasa, Allox taoloning nomini tilga olsin. Agar, taomlanish vaqtida, «Bismillah» ni aytishni unutsa va taomlanish mobaynida «Bismillah» ni aytish yodiga tushib qolsa, «Bismillahi avvallahu va axirohu» ni, ya’ni avvalda ham oxirda ham Alloh taoloning nomi bilan boshlayman, desin», dedilar» (Abu Dovud «Taomlanish kitobi» 3767- hadis).

Shayton siz bilan birga bo‘lishi va taomingizga sherik bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi uyiga kirayotganda Allox taoloning nomini tilga olsa va taomlanayotganda ham Allox taoloning ismini tilga olsa, shayton o‘zining sheriklariga: «Bu uyda na istiqomatingiz va na taomlanishingiz uchun sharoit bor», der ekan. Negaki, bu shaxs har doim uyiga kirayotganida va taomlanayotganida ham Allox taoloning nomini yodga olgani sabab, shaytonga bu uyda istiqomat va taomlanish uchun imkoniyat qolirmas ekan.

Ovqatlanishni avval katta boshlab bersin

Xuzayfa roziyallohu anhu: «Qachon biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan taomlanishga o‘tirsak, bizning odatimiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tanavvul qilishni boshlamagunlarigacha taomga qo‘l cho‘zmas edik. Balki, U kishini kutib turardik, qachonki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taomga qo‘l cho‘zganlaridan so‘nggina, biz ham taomlanishlikni boshlar edik», derdilar».

Ushbu hadisdan fuqaholarimiz, agar yosh bola o‘zidan yoshi katta kishi bilan bir dasturxonga o‘tirsa, yoshi katta kishi taomga qo‘l uzatmagungacha, yoshi kichik, o‘zidan kattani kutib turishligi odobdan ekanligiga ijmo qilishgan.

Shayton taomni o‘ziga halol qilishni xohlaydi

Xuzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kuni biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik. Bir yosh bola yugurib, keldi. Bundan biz bolaning qorni ochligini sezdik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taomga qo‘l uzatmaganlari sabab, biror kishi hali taomlanishni boshlamagan edi. Bu yosh bola kirib kelib, taomga qo‘l cho‘zgan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bolani qo‘lini ushlab, uni taomdan to‘sdilar.

Bir ozdan so‘ng bir badaviy keldi. U ham ko‘rinishidan ochqagan va taom tarafga intilardi. Badaviy ham kirib keliboq, taomga qo‘l cho‘zdi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning ham qo‘lini ushlab, taomdan to‘sdilar. Bundan so‘ng, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hamma sahobalarga yuzlanib, shunday xitob qildilar: «Shayton ushbu taomni Alloh taoloning nomini tilga oldirmasdan o‘ziga halol qilib olmoqchi bo‘ldi.

Ya’ni: Shayton mana bu yosh bola va badaviyning vositasida taomni o‘ziga halol qilmoqchi bo‘ldi. Lekin men ularni qo‘llarini ushlab, taomlanishdan to‘sdim. Alloh taologa qasam ichib, aytamanki, mana bu yosh bola va mening qo‘lim orasida shaytonning ham qo‘li bor edi», dedilar».

Farzandlarni nazorat qiling

Yuqoridagi hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Agar kattalar huzurida bolalar Alloh taoloning ismini tilga olmasdan, taomni boshlasa, kattalarning vazifasi, bolani ogohlantirish va zarurat tug‘ilganda qo‘lidan ushlab, bolaga “Bismillah” ni ayttirib, so‘ng taomni boshla, demoqlariga ishora qilmoqdalar.

Bugungi kunda ko‘pchiligimiz o‘z oilamiz bilan bir dasturxonda taomlanamiz. Ammo farzandlarimiz islomiy odoblarga amal qilishmoqdami yoki yo‘qmi, degan savol xayolimizga ham kelmaydi. Lekin bizni suyukli va mehribon Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kattalarga farz bo‘lgan ish, ya’ni, kattalar faarzandlarini nazorat qilishlari va ularga islomiy odoblarni o‘rgatishlari lozimligi, aks holda taomda baraka bo‘lmasligi ta’limini bermoqdalar.
Shayxul islom Muhammad Taqiy Usmoniy

(«Rizqni to‘g‘ri iste’mol qilmoq» kitobi 5,8-betlar)
Tarjimon: Akmal Abdurahmon

Manba: Islom.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Taomlanishning uch odobi