Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommalashtirishga qaratilgan ommaviy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, 15 iyun, shanba kuni Bo‘ka tumanida «Sog‘lom hayotga qadam tashla» aksiyasi doirasida «Salomatlik kuni» ommaviy tadbirlari o‘tkazildi. Tumandagi «Bo‘ston» qishlog‘ida ertalabki badan tarbiya o‘tkazilib, unda va hududga yaqin qishloqlar aholisi tomonidan stadionda jismoniy tarbiya mashqlari bajarildi, qishloqqa kirish yo‘lagi bo‘ylab 5 kilometr masofaga faol yurish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, oddiy yurish (haftasiga kamida 8 kilometr yurganda) yurak qon-tomir kasalliklari xavfini 31 foizga va o‘lim xavfini 32 foizga qisqartiradi. Cuyak va mushaklarni mustahkamlaydi, arterial bosimni, qonda xolesterin miqdorining tushishiga sabab bo‘ladi, uyquni yaxshilaydi. Har bir qadam energiya sarflanishi, garmonlar ishlab chiqilishi, mushaklardagi qon ta’minotining yaxshilanishi evaziga ularning kislorod bilan boyishi kuchayadi, natijada umumiy holat yaxshilanadi.
Gimnastika ham salomatlik uchun foydali bo‘lib, unda yengil gimnastika mashqlari bajariladi. Natijada, mushak tizimi mustahkamlanadi, bo‘g‘imlar harakati yaxshilanadi. Bundan tashqari, kuch, tezlik, chidamlilikni tarbiyalaydi. Sog‘lomlashtiruvchi ta’sir kuchiga ega mashqlar tufayli qomatning tik va to‘g‘ri rivojlanishi ta’minlanadi.
Shuningdek, tumandagi 7-oilaviy poliklinika oldida «Salomatlik maydonchasi» va «Sog‘lom ovqatlanish yarmarkasi» tashkil qilindi. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollikni ahamiyati xaqida ma’lumotlar berildi. Ushbu tadbirlar o‘ziga hos saylga aylanib ketdi.
Bundan tashqari, tuman markaziy stadionida Sog‘liqni saqlash vazirligi va tuman tashkilotlari xodimlari, sport maktablari, kollej o‘quvchilari va aholi ishtirokida gimnastika mashqlari bajarilib, bu yerda ham 5 kilometrga faol yurish amalga oshirildi. Ushbu stadion yonida joylashgan eko-parkda kattalar va bolalar tomonidan velosayr, sport hamda musiqa maktablari o‘quvchilarining badiiy chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?