3 869
Ektor Kuperning idish-tavoq yuvib kun kechirgani... Uning hayotiy xaqiqatlari haqida (foto)
Kasbi: Futbolchi, murabbiy.
Tug‘ilgan sanasi: 1955 yil 16 noyabr.
Tug‘ilgan joyi: Santa-Fe, Argentina.
Bo‘yi: 179 sm.
Oilaviy holati: Uylangan, 3 ta farzandning otasi.
Biografiyasi
Futbol bo‘yicha murabbiy Ektor Kuperni "abadiy ikkinchi" deb atashadi. Uning jamoalari ko‘plab finallar qurboniga aylangan. 2015-2018 yillarda argentinalik Misr terma jamoasini boshqargan.
Jahon chempionati yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgan bo‘lsa-da, Afrika kubogi finalida mag‘lub bo‘lgan.
Bolaligi va o‘smirligi
Kuperning bobosi XIX asrning oxirlarida Angliyadan Argentinaga ko‘chib kelgan. U yangi mamlakatga joylashdi va mahalliy charruis hindulari oilasi a’zosiga uylandi.
Kuper kichik Chabas shahrida tug‘ilgan. Ektorning onasi erta vafot etdi, chaqaloq bir necha oylik edi.
Otasi juda ko‘p ishlardi, shuning uchun bola, dono va g‘amxo‘r buvisining qanoti ostida o‘sdi. Nevarasi erta bolalikdan boshlab, tejamkorligi va ahvoliga e’tibor qaratgani ayolni hayratga soldi. Ularning oilasi juda kambag‘al yashaganligi uchun, bu muhim edi. Bola ixtiyorida yagona o‘yinchoq - qarindoshlardan me’ros bo‘lib o‘tgan avtoulov modeli bor edi. Keyinchalik otasi ham futbol to‘pini sotib oldi.
Buvisi ta’limni hayotida juda muhim deb hisoblardi. Ammo Ektor oilaning og‘ir moliyaviy ahvoliga qarab, maktabni erta tark etib, ishlashga majbur bo‘ldi.
Mehnat biografiyasi 9 yoshidan boshlangan. Bolakay avvaliga oynalarni yuvib pul topardi, birozdan keyin bank kureri bo‘lib ishlagan. Kuper kelajagi haqida o‘ylarkan, 30 yoshida o‘rta ta’lim dasturini o‘zlashtirgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlab, murabbiy yoki futbol jurnalisti bo‘lib ishlash kerak edi. Buning uchun hech bo‘lmasa maktab dasturini bilish zarur edi.
Futbolchilik karerasi
Yillar davomida Kuperning futbolga bo‘lgan muhabbati va qiziqishi ortib borardi. Unga o‘z qomati yoqmas edi, o‘sha uzun bo‘yi-yu ozg‘in ekanligi. Ektor bu kamchiliklarini chiroyli o‘yinlari bilan to‘ldirishga urinar, harakat va mehnatdan tinmas, tajribasini oshirish uchun o‘zidan yoshi kattalar bilan futbol o‘ynardi. Shuning uchun o‘z tengqurlari bilan deyarli to‘p tepmagan.
Ektor Buyenos-Ayres shahriga borib, shaharning birorta klubida to‘p tepishni orzu qilardi. Futbolchiga omad kulib boqib, otasining do‘sti, tanishlari orqali yo‘l topib bergan. Kuper 2 haftalik ta’til oldi va "Ferrokaril Oeste" ko‘rigidan o‘tdi. Ammo Kuper 2 hafta emas, balki 1 oy qolib ketdi. Oqibatda esa "Ferro" yoshlar klubiga qabul qilindi.
Ochlik damlari boshlangan vaqt keldi, yosh futbolchi ovqatlanish va yotoqxona uchun o‘zi pul to‘lashi kerak edi. Shuning uchun restoranga idish-tovoq yuvishga ishga kirdi. Kuniga bir mahal ovqatlanardi. Restorandan, ishdan bo‘shatib yuborishganida, o‘yladi-ki yashay olmayman, o‘lib qolaman deb. Uyga qaytib ketishga qaror qildi. Klub boshqaruvidagilar, himoyachining yuqori salohiyatini ko‘rib, qo‘yib yuborishni istashmadi. Kuper uyga ega bo‘ldi va 3 mahal ovqatlanishga talon ham berishdi. Bundan tashqari unchalik ko‘p bo‘lmagan stipendiya ham yozildi. Yangi tug‘ma iste’dod, tezligi bilan ajralib turmadi.
U qobiliyati va bosh bilan yahshi o‘ynashi bilan ajralib turardi. Hatto "golovastik" deb, laqab ham qo‘yishgan edi. "Ferro" klubida 10 yildan ko‘proq vaqt davomida 2 marotaba oltin medal olishda yordam berdi. Shu bilan birgalikda, terma jamoada 8 ta uchrashuvda ham maydonga tushishga ulgurdi. 80 yillar oxirlarida "Urakan" klubi sharmandali tarzda elitani tark etdi. Kuper shu klub tarkibiga kelib qo‘shiladi va jamoa yana birinchi divizionga qaytdi.
Murabbiylik davri
Oradan 5 yil o‘tib ushbu jamoa bosh murabbiyiga aylandi. Kuperning bosh murabbiy bo‘lgan davrlarida, "Urakan" kuchsiz jamoa hisoblanardi.
Kuperni iqtidorli murabbiy deb gapira boshlashdi. Keyingi mavsumda "Lanus" klubi murabbiyi bo‘ldi va kutilmaganda KONMEBOL kubogini qo‘lga kiritdi. Bu bilan Ektor o‘zining keyingi faoliyatida katta qadamni tashladi - u Yevropaga ketdi.
Yevropadagi murabbiylik faoliyatida, ilk boshqaruvi Ispaniyaning "Malorka" klubi bo‘ldi. La Ligaga chiqqan jamoani, ligada saqlab qolish vazifasi, Kuperga yuklatildi. Ammo Kuper kutilmaganda 5-o‘rinda mavsumni yakunladi. "Malorka" bilan Kubok egalari kubogi finaliga ham chiqa oldi. Bundan tashqari Ispaniya superkubogida g‘oliblik va Ispaniya kubogida kumush medal sohibiga aylandi. Kuper oradan ikki yil o‘tib "Valensiya" bosh murabbiyiga aylandi. argentinalik, tezlik va texnikaviy taktikani birinchi o‘ringa qo‘ydi, shuningdek ishonchli himoyani ham o‘rnatdi.
G‘alabalari bilan grandlar qatorida hisoblanmagan jamoa, Ektor Kuper orqali jamoani kuchaytirmoqchi bo‘ldi. "Barselona", "Latsio" va bir qator klublarni mag‘lub etib, Chempionlar kubogi(Hozirgi Chempionlar Ligasi) finaligacha qadar yetib bordi. Shu tariqa Kuper muxlislarning sevimlisiga aylandi. Keyin Italiyaga yo‘l oldi. Milanning "Inter" klubi bilan mamlakatning kumush medaliga ega bo‘ldi. 2003 yilning oktyabr oyida "Breshiya" bilan bahsda, durang natija qayd etganidan so‘ng ishdan bo‘shadi.
Yarim yilcha ishsiz yurganidan so‘ng, nochor ahvolga kelib ulgurgan sobiq klubi "Malorka"dan bo‘lgan taklifni qabul qildi. Og‘ir ahvolda natijalarga erisha olmadi va omadsizliklar boshlandi. "Real Betis" klubida ishladi, "Parma"ni boshqardi, Gretsiyaning "Aris", Ispaniyaning "Rasing", Turkiyaning "Orduspor", Birlashgan Arab Amirligining "Al-Vasl" klublarini boshqardi va bu orada hatto Gruziya termasida ham faoliyat olib bordi. Nihoyat 2015 yilda Misr terma jamoasida ishladi.
"Fir’avn"larning bosh murabbiyi yana o‘z salohiyatini namoyish etdi. Misr, Afrika kuboginining finaliga chiqti. Marokash va Burkina-Fasoni mag‘lub etdi. Finalda Kamerun termasiga yutqazib qo‘ydi.
Ammo mag‘lubiyat jamoa va muhlislarni kayfiyatini sindirib tashlamadi. 28 yil deganda, 2018 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Shaxsiy hayoti
"Ferro" klubidan qabul qilib olgan xonadon balkonidan, yosh Kuper soatlab o‘tirib to‘g‘risida chiroyli qiz paydo bo‘lishini kutar edi. Keyinroq Sintiya ismli qo‘shni qiz bilan yaqindan tanishdi. Boy shifokorlar me’rosxo‘ri sportchiga turmushga chiqishga rozi bo‘lgan. Nikoh hayotlari davomida buzilmadi va Sintiya uchta farzandni dunyoga keltirdi.
2018 yilning 27 iyun kuni Misr terma jamoasi bilan bitimni bekor qilishdi. Hozirda milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan Kuper, asosiy vazifa JChga chiqish ekanligini bot-bot takrorlamoqda. Misr termasini JChga olib chiqishga ham ulgurgan.
MISR bn JCHda
Endi esa argentinalik mutahassis O‘zbekiston termasini ham mundial sari yetaklab chiqib, o‘zbek xalqiga ham va o‘zining faoliyatiga ham yangi tarix sahifalarini ochishga urinib ko‘radi. Kuperning maqsad yo‘lida duo qilib, zafar va quvonchli g‘alabalarni tilab qolamiz.
Murabbiylik faoliyatida erishgan yutuqlari:
1994 - Argentina chempionati kumush medal sohibi.
1996 - KONMEBOL kubogi sohibi.
1998 - Ispaniya superkubogi g‘olibi.
1997/98 – Ispaniya kubogi finalchisi.
1998/1999 - Kubok egalari kubogi finalchisi.
1999 - Ispaniya superkubogi g‘olibi.
2000, 2001 - 2 karra Chempionlar ligasi finalchisi.
2002/03 - Italiya "A" seriyasi kumush medali sohibi.
2010 - Gretsiya kubogi finalchisi.
2017 - Afrika kubogi finalchisi.
1999 - Ispaniyada yil murabbiyi.
2000 – UEFAda yil murabbiyi.
Botirali Mahkamov
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)