Yurtimizda pishib yetilgan meva-sabzavotlar inson organizmi uchun zarur bo‘lgan mikroelement va vitaminlarga boy sanaladi. Birgina shaftoli mevasini olsak, uning tarkibidagi foydali elementlar inson salomatligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Shaftolining foydali va zararli xususiyatlari haqida Zarnews ma’lumot berdi.
Ushbu meva daraxti issiqlikni xush ko‘radi, bo‘yi esa unchalik baland bo‘lmaydi. Shox-shabbalarining kengligi, qolaversa, pushti rangda gullashi bilan boshqa mevalardan farqlanadi.
Shaftolining vatani shimoliy Xitoy deb taxmin qilinadi. Ma’lumotlarga qaraganda, u Yevropaga Italiya orqali tarqalgan.
Yetilib pishgan shaftoli tarkibida 15 foizgacha shakar, olma, uzum, limon, askorbin (S vitamini) kislotalari, efir moyi, kaliy, kalsiy, temir kabi mineral moddalar, V guruhiga mansub vitaminlar, A provitamini, pektin moddalari mavjud. Ayniqsa, uning sariq tuslisi o‘zida juda ko‘p miqdorda karotin moddasini saqlaydi.
Bu meva safro haydovchi va ich suruvchi xususiyatga ega. Uning tarkibidagi organik kislotalar va efir moylari me’da sekretsiya faoliyati va hazmni yaxshilaydi. U ishtahani ochadi. Shaftolida mineral moddalar bisyorligi sabab undan kamqonlik va gastrit (me’da shilliq qavati yallig‘lanishi)da davo maqsadida qo‘llaniladi. Tarkibida kaliy tuzi mavjudligi bois, u yurak bilan bog‘liq kasalliklarda ham tavsiya etiladi.
Yurak urishi muammolarida, kamqonlik, me’da-ichak xastaliklarida, organizmda kislota miqdori tushib ketganda, qorin dam bo‘lganda ovqatlanishdan 15-20 daqiqa oldin ¼ stakan miqdorida shaftoli sharbati ichish tavsiya etiladi. Shuningdek, shaftoli mevasi vitaminlarga boyligi sababli gripp va O‘RVI kasalliklarini oldini olishda, infeksion xastaliklarda, avitaminozda ham qo‘llaniladi.
Xalq tabobatida revmatizm, me’da-ichak kasalliklarida shaftoli guli va bargidan tayyorlangan damlama bemorlarga tavsiya etiladi. Shaftolining endigina uzib olingan gullari safro haydovchi va surgi vositasi sanaladi.
Mazkur mevada yuqori miqdorda uglevod va shakar moddasi mavjudligi sabab, semizlik va qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarga uni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari shaftoli allergiya chaqirish xususiyatiga ega. Ayniqsa, usti gul changi bilan qoplangan shaftoli (tukli) turi allergen mahsulot sanaladi. Shu bois, bunday xastalik bilan og‘riyotgan bemorlarga ham ushbu mevani iste’mol qilish mumkin emas.
Shuningdek, ko‘p miqdorda shaftoli yeyish disbakterioz (ich ketishi) va ichaklar faoliyatining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Qolaversa, ushbu meva hayajonga beriluvchi insonlarga ham tavsiya etilmaydi. Chunki, u asab tizimini qo‘zg‘ash xususiyatiga ega. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?