21:56 / 14.09.2019
3 687

Men o‘tsam...

Men o‘tsam...
Men o‘tsam,
Hech narsa qolmas o‘zgarib,
Yana shu maromda oqadi hayot.
Bog‘ aro har kuni meni axtarib,
Sabolar shivirlab so‘zlamas bayot.

Men o‘tsam,
Sog‘inib yig‘laguvchi yo‘q,
Do‘st-yorlar uch kunda qo‘yar unutib.
Meni bir umrga kuydirolgan cho‘g‘,
Kimningdir ko‘ksida turmaydi yonib.

Men o‘tsam,
Nogahon yodiga tushsam,
Hech kimsa sog‘inib yurmaydi yig‘lab.
Ammo norasida go‘daklarimning
Ko‘zchalari qolsa kerak jovdirab.

Men o‘tsam,
Ahyonda, balki, bilganlar
Savob, deb haqqimga qilar tilovat.
Afsuski, g‘ussamni juda ko‘p tortgan
Onamga qiyinroq bo‘ladi faqat.

Men o‘tsam,
Qirg‘oqqa yozilgan so‘zdek,
Nomimni bu yillar ketadi yuvib.
Robbim, taqdir qilki unutganlarni,
O‘zim jannatingda olayin kutib...

Men o‘tsam,
Hammasi ketar o‘zgarib...
Ummu Amina

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Men o‘tsam...