Dermatolog shifokorlar har kun cho‘milish shart emasligini ma’lum qilishdi. Bu sog‘liq uchun zararli bo‘lishi mumkin. Ular o‘z fikrlarining tasdig‘i sifatida qator sabablarni sanab o‘tishdi. Bu haqda GQ jurnalida maqola chop etildi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi zamon kishilarining har kun cho‘milishlariga hojat yo‘q, chunki ular og‘ir jismoniy ishlarni bajarishmaydi. Qolaversa, tez-tez dush qabul qilish infeksiya xavfini oshiradi. Issiq suv terini o‘ta quritib yuboradi va yorilishiga olib keladi. Sovun esa foydali bakteriyalarni yo‘q qilishi mumkin.
Yuvinishni niyat qilganlarga 10 daqiqadan ortiq hammomda qolib ketmaslik tavsiya qilinadi. Shifokorlarning ta’kidiga ko‘ra, issiq vanna yurak xurujini keltirib chiqarishi mumkin.
Shifokorlarning ishontirib aytishicha, tanani toza saqlash uchun har kuni libos va ichki kiyimni almashtirib turishning o‘zi kifoya. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi