07:39 / 27.09.2019
4 030

Bu retsept Hindistonda umrboqiylik eliksiri hisoblanadi

Bu retsept Hindistonda umrboqiylik eliksiri hisoblanadi
Foto: «Yandeks»
«Mo‘’jizalar olami»ning yozishicha, qadimgi zamonlardan buyon shifokorlar, tabiblar va alkimyogarlar umrboqiylik eliksirini topishga urinib kelishgan. Ular bu jumboq tagiga yetish uchun qanchadan-qancha giyohlarni, ne-ne kimyoviy moddalarni aralashtirib ko‘rmagan deysiz?! Lekin baribir niyatlariga yeta olishmagan.

Biroq ayrim masalalarda muvaffaqiyat ham qozonishgan — tanani mustahkamlovchi, sog‘lomlashtiruvchi retseptlar hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Mayli, 200 yil yashamaylik, ammo keksaygan chog‘imizda ham bardam va tetik bo‘lib yuraylik!

Ko‘hna retseptlarni ko‘zdan kechirar ekan tarixchilar ikki mahsulot eng ko‘p ishlatilishini payqab qolishdi: sut bilan sarimsoq. Bu bejizga emas. Hatto Ibn Sino ham ko‘pgina kasalliklarni sarimsoq yordamida davolagan. Zamonaviy ilm-fan esa buni endi-endi isbotlamoqda.

Qozonchaga 1 stakan sutni quyib, olovga qo‘yamiz. Qaynab chiqquncha, 2 bo‘lak sarimsoqni tozalab, maydalab to‘g‘raymiz.
Sut qaynab chiqqan zahoti sarimsoqni solamiz, olovdan olamiz va qopqog‘ini yopamiz.

10 daqiqadan so‘ng yoshlik eliksiri tayyor bo‘ladi.
Sut va sarimsoqli eliksirni haftasiga bir marta 1 stakandan ichish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bu retsept Hindistonda umrboqiylik eliksiri hisoblanadi