10:10 / 11.11.2019
4 908

Olimlar inson uchun zararli ichimlikzararli ichimlik

Olimlar inson uchun zararli ichimlikzararli ichimlik
Olimlar bir nechta tajribalar o‘tkazib, inson organizmi uchun zararli 5 ta ichimlik ro‘yxatini tuzishdi.
Aniqlanishicha, gazli ichimliklar, qahva, paketchali choy inson salomatligiga ziyon yetkazishi mumkin.

Ro‘yxatning 1-o‘rniga paketchali choy qo‘yilgan. Bunday choyning 11 turida ichak tayoqchasi, ba’zilarida esa mog‘or aniqlagan.

2-o‘ringa gazli ichimliklar qo‘yilgan, chunki ularda ko‘p miqdorda tezkor uglevodlar bor. 0,33 litrli kolada 6,5 tadan 8 tagacha qand bo‘lagi bo‘lishi mumkin ekan. Aynan shu ichimliklar bolalar o‘rtasidagi semizlik sababi hisoblanadi. Bundan tashqari, ular qand kasalligi, yurak-tomir, teri, ginekologik, urologik kasalliklar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Hattoki shirin bo‘lmagan gazli ichimlik ham oshqozon shilliq qavatini yallig‘lantirishi, kislota ishlab chiqilishini stimullashi, ichak yo‘lini dam qilishi va uning motorikasi buzilishiga olib kelishi mumkin.

Mutaxassislar, shuningdek, eruvchi qahva iste’molini kamaytirishni tavsiya qiladilar. Ayniqsa, uni ochqoringa ichish zararlidir. Bu odat gastrit, oshqozon yarasi va boshqa kasalliklarga olib kelishi mumkin ekan.

Shuningdek, “3 tasi bittada” qahvalaridan voz kechish kerak. Ularda shakar ko‘p bo‘lib, sut o‘rniga ko‘pincha uning o‘rnini bosuvchilar, jumladan palma yog‘i asosidagi mahsulotlar qo‘llanadi.

Zararli ichimliklar ro‘yxatining so‘nggi o‘rnidan qog‘oz qutilarga qadoqlangan sharbatlar egallagan. Mutaxassislar bunday sharbat o‘rniga bitta apelsin yeyishni tavsiya qilishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar inson uchun zararli ichimlikzararli ichimlik