Foto: «Turismovalparaisodelmar.cl»
Foydali odatlar, jumladan, jismoniy mashqlarni muntazam bajarish va sog‘lom ovqatlanish inson umrini taxminan o‘n yilga uzaytirishi mumkin, deydi Amsterdam va Garvard universitetlari olimlari. Mutaxassislarning tadqiqot natijalari «British Medical Journal» jurnalida chop etildi.
Tadqiqotda qariyb yuz mingta 50 yoshli odamlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanildi. Ular ilmiy ish boshlanganda hech qanday kasallik bilan og‘rishmagan. Qariyb 20 yil davomida ularning hol-ahvoli kuzatib borildi. Tadqiqotchilar ishtirokchilarning qaysilarida yurak-qon tomir kasalliklari, saraton yoki ikkinchi tip diabet paydo bo‘lgani hamda bu kasalliklar necha yoshda kelib chiqqani va ularning qancha umr ko‘rganligiga e’tibor qaratishdi.
Pirovard natijada ekspertlar beshta asosiy xavfli omilni aniqlashdi: chekish, alkogol iste’mol qilish, yog‘ yoki qandni ko‘p yeyish bilan bog‘liq nosog‘lom ovqatlanish, kam jismoniy faollik va tana vazni indeksi bo‘yicha hisoblangan ortiqcha vazn.
Ushbu beshta omilga ko‘ra olimlar 50 yoshli odamning sog‘ligini belgilashdi.
To‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, tamaki va alkogolni umuman iste’mol qilmaslik, tana vaznini nazorat qilishdek 4-5 ta foydali odati bo‘lgan ayollar o‘rtacha 84,4 yil umr ko‘rishgan. Bu odatlarning birortasiga ham amal qilmagan go‘zal jins vakillari esa 73,7 yil yashashgan. Erkaklarda esa bu ko‘rsatkich 81,1 yoshga 73,5 yoshni tashkil etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi