Imom Ahmad ibn Hanbal rahimahulloh aytadi: "Nohaq odam o‘ldirishdan so‘ng, zinodan kattaroq gunoh borligini bilmayman".
Imom Ahmad rahimahulloh bu so‘ziga ushbu hadisni hujjat o‘laroq keltirgan: Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha u zot Rasululloh sollallohu alayhi va olihi vasallamdan:
- Ey Allohning Rasuli, qaysi gunoh kattaroq? deya so‘radi.
U zot alayhissalom:
- Alloh seni yaratgan bo‘la turib, U Zotga sherik qilishing, deb javob qildilar.
- So‘ngra qaysi gunoh kattaroq?
- Farzanding taomingga sherik bo‘lishidan qo‘rqib uni o‘ldirmog‘ing.
- Keyin qaysi gunoh kattaroq?
- Qo‘shningning ayoli ila zino qilmog‘ing".
Bu hadisning tasdiqi esa ushbu oyatdir:
«Ular Alloh bilan birga biror ilohga iltijo qilmaslar. Alloh (o‘ldirishni) harom qilgan jonni nohaqdan o‘ldirmaslar. Zino qilmaslar. Kim ana shuni qilsa, uqubatga duchor bo‘lur» [Furqon surasi, 68-oyat].
Ibnul Qayyim rahimahulloh aytadi: Zinokorda barcha yomonliklar jam bo‘ladi: din (hukmlari)ga beparvolik, taqvoning yo‘qolishi, muruvvatning fosid bo‘lishi, g‘ayrat oz bo‘lishi, zinokor zino holatida yurib, vara’li bo‘la olinmas. Ahdga vafo, to‘g‘ri so‘zlik, ahliga komil g‘ayrat ko‘rsatish, adovat, kuchli dushmanlik, yolg‘on, xiyonat, hayo ozligi, muroqaba yo‘qligi, haromdan hazar qilmay qo‘yish va qalbdan g‘ayrat yo‘qolishi, bularning barchasi zino kasofatlarining alomatlari bo‘lur.
Zinokor dunyoda uch narsaga duchor bo‘lmay o‘lmaydi:
1. Zino qilayotgan vaqtida agar bu ishini halol deb qilayotgan bo‘lsa, iymonidan ajralib turadi.
Va agar shu holatida ajali yetib vafot qiladigan bo‘lsa, iymonsiz vafot qilib, abadiy do‘zaxiylar safidan bo‘lib qoladi. Bu esa o‘ta dahshatli holatdir.
Nabiy sollallohu alayhi va olihi vasallam: "Zinokor zino qilayotganida mo‘min bo‘lib qola olmas", deb aytganlar.
Muttafaqun alayh.
2. Agar zinosiga tavba qilmasa, o‘ziga ham zino qilinadi. Ya’ni, u birovlarni ayoli, qizi, singlisini yo‘ldan urgani kabi, o‘zi ham shundayin holatlarga duchor bo‘ladi.
Hadisda "Kim zino qilsa,,unga ham zino qilinadi", deb keltirilgan.
3. Yuzi nursiz va o‘zi esa hurmatsiz bo‘lmay qolmas.
Zinokorga hech kim ishonmaydi. Chunki, u birinchi imkon bo‘lishi bilan sizning yaqinlaringizni yo‘ldan urishga urinib ko‘radi. Shu sababli zinokorning haqiqiy sodiq do‘sti bo‘lmaydi.
Garchi yuzi chiroyli va oppoq bo‘lsa ham, nursiz, yoqimsiz bo‘ladi. Zotan, harom ishlarga mukkasidan ketib taqvosi yo‘qolgan yuz nurli bo‘lishi aslo mumkin emas.
Sunnatulloh Abdulbosit
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi