19:45 / 15.05.2020
2 851

Olimlar qahva ayollarga chiroyli qomatni saqlab qolishga yordam berishini aniqladi

Olimlar qahva ayollarga chiroyli qomatni saqlab qolishga yordam berishini aniqladi
Anglia Ruskin University olimlar har kuni qahva ichish salomatlik uchun foydali ekanligini aniqladi, deb yozadi Daily Mail.

Qayd etilishicha, bir kunda ikki-uch finjon qahva ichadigan ayollar ushbu ichimlikni kam ichadigan yoki umuman ichmaydigan ayollarga nisbatan kamroq ortiqcha vaznga ega bo‘ladi.

Mutaxassislarning fikricha qahva semirishga qarshi kurashuvchi elementlarga ega.
Tajribalar qahva ayolning yoshidan qat’i nazar xuddi shunday ta’sir ko‘rsatishini asoslagan. Qahvaning kofeinli yoki kofeinsiz bo‘lishi ham ahamiyatsiz.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, qahva ichadigan ayollarda terisi ostidagi yog‘ miqdori o‘rtacha hisobda 2,8 foizga kam.
Erkaklarda qahvaning bunday ta’siri ko‘zga tashlanmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar qahva ayollarga chiroyli qomatni saqlab qolishga yordam berishini aniqladi