09:00 / 27.06.2020
5 895

Non yeyishdan voz kechilganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Non yeyishdan voz kechilganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
Foto: Getty Images
Salomatlik uchun berilgan aksariyat tavsiyalarda xamirturush, shakar qorishmasidan tashkil topgan uglevod va kaloriya manbayi bo‘lgan nonni ratsiondan qisqartirish kerakligi ta’kidlanadi. Aslida ham shundaymi? Non yemaslik qanday oqibatlarga olib kelish mumkin? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Vazn tashlash
Non uglevod va kaloriyaning koni hisoblanadi. Birgina nonning o‘zi to‘ydirmagani bilan suyuq sho‘rva yoki sabzavotli taomga qo‘shib iste’mol qilinsa, sezilarli darajada kaloriya qo‘shiladi. Nonni yemaslikda eng birinchi vazn tashlash kuzatiladi.

Energiya yetishmaydi
Un mahsulotlari — kletchatka va uglevodga boy bo‘lib, organizmni energiya bilan ta’minlaydi. Non iste’mol qilmaslik esa holsizlik va charchoqni his qilishga sabab bo‘ladi. Agar bir vaqtni o‘zida shakarni ham ratsioningizdan chiqarib tashlasangiz, unda tushkunlikka tushib qolish, kayfiyatingiz yomonlashishiga moyillik ortadi.

Bundan tashqari, non yemaslik soch to‘kilishiga ham olib kelishini unutmaslik kerak. Shifokorlar umuman non iste’mol qilmaslikni tavsiya qilmaydi. To‘g‘ri ovqatlanish bu nondan butkul voz kechish degani emas, shunchaki uning me’yorida va foydali mahsulotlar qo‘shib tayyorlanganini iste’mol qilish kerak. Murabbo, sariyog‘, yog‘li kolbasa qo‘shib yemasdan, sabzavotlar bilan birga yoki avokadodan buterbrod qilib yeyish tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Non yeyishdan voz kechilganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?