10:30 / 05.07.2020
4 233

Ayol kishi kunini qanday boshlashi kerak?

Ayol kishi kunini qanday boshlashi kerak?
Foto: Getty Images
Quyidagi berilgan tavsiyalarga amal qilsangiz, kelgusi ish haftangiz mazmunli va samarali bo‘lishiga erishasiz.

Jismoniy mashqlar
Kunlik energiya ta’minlanishi va xushkayfiyatda yurish uchun kunni jismoniy mashqlar bilan boshlash tavsiya qilinadi. Mashqlar turlicha bo‘lishi — xona ichida, hovlida bajarilishi, shuningdek, ko‘chada, toza havoda yugurish ham mumkin. Asosiysi esa erinmaslik va vaqt ajratish. Unutmang salomatlikning tashqi ko‘rinishga ta’siri katta.

Suv ichishni unutmang
Endigina uyg‘ongan organizmning tetiklashishi uchun bir stakan suvning ahamiyati beqiyos. Kun davomida suv ichishni kanda qilmaslik terining namligi yo‘​qolmasligi va tiniq ko‘rinishiga sabab bo‘ladi.

Gigiyena va go‘zallik
Gigiyenik muolajalar har bir ayol yoki qiz uchun individual bo‘ladi. Bu esa odat va qancha vaqt sarflanishi bilan bog‘liq. Lekin kontrast dush qabul qilish hammaga tavsiya qilinadi. Bu immunitet va teri tonusining yaxshilanishi, tongdan energiyaga to‘lishning kafolati hisoblanadi.

Yuz parvarishi
Yuz terisini birinchi tozalash keyin namlantirish va oziqlantirish zarur. Buning uchun uy sharoitida tabiiy niqoblardan foydalanish yoki sifatli kosmetikalarni qo‘llash mumkin.

Nonushta qilish
Tashqi ko‘rinishingiz iste’mol qiladigan mahsulotlar bilan bog‘liqligini unutmang. Aynan foydali nonushta sizni kun bo‘yi ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishingiz, bo‘shashib qolmasligingizga sabab bo‘ladi. Shu sabab ham har kuni nonushtani o‘tkazib yubormaslikka harakat qiling.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ayol kishi kunini qanday boshlashi kerak?