14:45 / 07.08.2020
3 212

Non va shirinliklardan voz kechilsa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Non va shirinliklardan voz kechilsa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
Foto: «istockphoto.com»
So‘nggi paytlarda non va boshqa un mahsulotlari inson organizmi uchun zararli ekani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Lekin ulardan butunlay voz kechib bo‘lmaydi. Masalan, javdar, jo‘xori, birinchi navli undan tayyorlanadigan nonlar juda foydali. Haqiqatan ham, oppoq, yumshoq, og‘izga solganda xamirga aylanib qoluvchi oppoq nonlar esa sog‘liq uchun salbiy ta’sirga ega. Ushbu mahsulotni iste’mol qilmaslik nafaqat salomatlik uchun, balki hamyonga ham foyda keltirishi mumkin.

Xo‘sh, kundalik ratsiondan oq non chiqarib yuborilsa, inson organizmida qanday o‘zgarishlar vujudga keladi?

Vazn tashlanadi
Oq non juda yuqori koloriyali mahsulot hisoblanadi. Atigi 100 gramm oq non 200-300 kkal energiya qiymatiga ega. Afsuski uning 2 grammi hujayralarda, qolgan qismi esa sezilarli darajada son, bo‘ksa hamda qorin qismida yog‘ shaklida to‘planib boraveradi. Shuningdek, bu kabi nonlar tarkibida glikemik indeks mavjud bo‘lib, u shokoladli batonlardan ancha yuqori. Shuning uchun ham, aynan oq non tanovul qilgandan so‘ng hech qancha vaqt o‘tmay ochlik hisi paydo bo‘laveradi.

Foto: «istockphoto.com»
Ma’lumotlarga ko‘ra, oq nondan voz kechganlarning 70 foizdan ko‘prog‘i dastlabki ikki haftadayoq sezilarli darajada vazn tashlagan. Bu semizlikdan aziyat chekayotganlar uchun eng yaxshi tavsiya.

Foto: «istockphoto.com»
Teridagi toshmalar yo‘qoladi
Inson terisi har tomonlama uning parheziga bog‘liq, noto‘g‘ri va betartib ovqatlanish ortidan yuzda turli xil toshmalar paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha husnbuzar va qora dog‘lar oq non tarkibidagi yelimshiq (kleykovina) moddalarga tananing reaksiyasidir. Afsuski u tanadan chiqib ketmay, ichak devorlariga yopishib qoladi. Bunday paytda darhol kosmetolog huzuriga chopmay, avval ovqatlanish rejasini nazoratga olish afzal. Oq non va boshqa un mahsulotining iste’moli to‘xtatilishi bilan yuz sezilarli darajada tozalanadi.

Ovqat hazm qilish jarayoni yaxshilanadi
Asosan, ovqat hazm qilish tizimidagi muammolar ichakdagi hujayralar yaxlitligini buzadigan yelimshiq (kleykovina) miqdorining ko‘payishi va organizm uchun juda zarur bo‘lgan element – sertolalarning yetishmasligidan kelib chiqadi. Barcha qora non mahsulotlarida biriktiruvchi to‘qimalar mavjud, faqatgina oliy navli undan tayyorlanadigan mahsulotlarda ushbu birikma mavjud emas. Organizmda biriktiruvchi to‘qimalar me’yorida bo‘lishi uchun bir kunda 5-6 bo‘lak qora non iste’mol qilish kerak.

Foto: «istockphoto.com»
Quvvat yanada ortadi
Oq non ratsiondan chiqarilgandan so‘ng ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qilinsa, organizmda energiya miqdori ortib boradi. Shuningdek, taomnomaga jo‘xori uni, suli yormasi hamda grechka mahsulotlarini qo‘shish foydali hamda ular tananing umumiy holatini yaxshilashga yordam beradi. Bundan tashqari, bo‘layotgan o‘zgarishlar miyaning ishlashiga ijobiy ta’sir qiladi. Xotira yaxshilanib, diqqatni jamlashda qiyinchilik bo‘lmaydi.

Ochlik hissi yo‘qoladi
Inson nafaqat shirinlik yoki zararli narsalarga, balki oq nonga ham o‘rganib qolishi mumkin. Oq non iste’molidan so‘ng qonda shakar miqdori ortadi va undan insulin gormoni hosil bo‘ladi. Agar bir bo‘lak non tanovul qilinsa, organizm yana talab qilaveradi. Natijada muddatidan oldin ochlik hisi paydo bo‘ladi.

Yoshlik tark etmaydi
Agar oq non tarkibi yaxshilab o‘rganib chiqilsa, uning tarkibida deyarli ozuqaviy moddalar yo‘q. Vitaminga boy bo‘lmagan mahsulotlar esa tanani yosh va yangidek bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun ham nonni sevuvchi yoshlar tengdoshlariga qaraganda ancha katta ko‘rinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Non va shirinliklardan voz kechilsa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?