08:39 / 07.09.2020
3 601

Diyetolog yurak va tomirlar uchun eng foydali mahsulotlarni ma’lum qildi

Diyetolog yurak va tomirlar uchun eng foydali mahsulotlarni ma’lum qildi
Foto: «U-f.ru»
Noto‘g‘ri ovqatlanish yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi. Turkiyalik diyetolog Fatma Baysal Yusuf yurak uchun eng foydali mahsulotlarni ma’lum qildi va ularni taomnomaga kiritishni maslahat berdi.

Diyetologning fikricha, sarimsoq taomnomaning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. U tomirlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Shifokor har kuni bir bo‘lakdan sarimsoq yeyishni tavsiya etadi. Yusuf, shuningdek, sabzavotlardan pomidor, rezavorlardan esa qizil uzum va tarvuzni eng foydali mahsulot deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, diyetologning fikricha, baliq taomnomaning muhim tarkibiy qismiga aylanishi darkor. Baliq va uning yog‘i tromblar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotalari esa yuqori antioksidant xususiyatga ega. Baliqni bug‘da yoki grilda pishirish lozim.

Shuningdek, shifokor yong‘oq, funduk, zig‘ir urug‘ini tez-tez iste’mol qilishni tavsiya etadi. Suli va javdar unidan tayyorlangan mahsulotlar ham foydali. Ichimliklardan diyetolog ko‘k choy, moychechak yoki marmarakni damlab ichishni maslahat beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Diyetolog yurak va tomirlar uchun eng foydali mahsulotlarni ma’lum qildi