06:27 / 16.09.2020
3 173

Diyetolog o‘quvchi uchun eng yaxshi nonushtani ma’lum qildi

Diyetolog o‘quvchi uchun eng yaxshi nonushtani ma’lum qildi
Foto: «Missis.top»
Bolalar ertalabdan yetarli miqdorda oqsil qabul qilishi juda muhim. Bu ularning o‘sishi uchun zarur, deydi diyetolog Marina Makisha.
«Bu kotlet, qizil baliq va pishloqli sendvich bo‘lishi mumkin», — deb izohlaydi mutaxassis.

Shuningdek, nonushtaga qand qo‘shilmagan sut yoki qatiq mahsulotlari to‘g‘ri keladi. Faqat bolaning sut mahsulotlarini yaxshi hazm qila olishini tekshirish kerak. Chunki sut mahsulotlari narxi borasida kalsiyning eng maqbul manbai hisoblanadi.

«Kalsiy bolalarga juda zarur, chunki ularning suyak skeleti o‘sadi. Kalsiysiz me’yorda o‘smaydi», — deb ogohlantiradi diyetolog.

Shuning uchun ertalabki taomnomaga tvorog, yogurt, sutli toblama va hokazolarni kiritish mumkin. Shakarsiz sut mahsulotlari o‘quvchilarda husnbuzalarni keltirib chiqarmaydi.

Tezpishar bo‘tqalarni esa Myakisha taomnomadan butunlay chiqarib tashlashni maslahat beradi. Chunki ularning tarkibida foydali moddalar deyarli yo‘q.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Diyetolog o‘quvchi uchun eng yaxshi nonushtani ma’lum qildi