07:00 / 11.10.2020
3 185

Bola psixikasining buzilishiga sabab bo‘ladigan o‘yinchoqlar

Bola psixikasining buzilishiga sabab bo‘ladigan o‘yinchoqlar
Foto: «Liza»
O‘yinchoqlar bola tasavvurining shakllanishi, uni fikrlashga undashi uchun muhim sanaladi. Lekin ayrimlari bolaning ruhiy holatiga ta’sir qilib, atrofidagi olam haqida noto‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishi va hatto zo‘ravon bo‘lib qolishiga ham sababchi bo‘ladi.

Transformerlar/maxluqlar va agressiv qahramonlar
Bunday o‘yinchoqlar bolada (ayniqsa, haddan ortiq faol bo‘lsa) agressivlikni uyg‘otadi, vazmin bolalar esa o‘z qobig‘iga o‘ralib olishi mumkin. O‘yinchoq nafaqat bolaning o‘zini tutishi o‘zgarishiga, balki tunda qo‘rqinchli tushlar ko‘rishiga ham olib keladi.

Interaktiv o‘rgatish xususiyatiga ega bo‘lgan o‘yinchoqlar
Istalgan do‘konda topish mumkin bo‘lgan, birgina tugma bosilganda harflarni aytib berishi, qo‘shiq kuylashi va raqamlar ketma-ketligida sanashi mumkin bo‘lgan gadjetlar psixologlarning fikricha bolaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bunday aqlli o‘yinchoqlar bolani fantaziya qilishi va mustaqil o‘ylashiga qo‘yib bermaydi. Rangining haddan ortiq yorqinligi sabab esa stress keltirib chiqarishi ham mumkin.

Tabiiy shakl, rang va hajmda bo‘lmagan o‘yinchoqlar
O‘yinchoq mavjud qonuniyatlar asosida, tabiiy rang va ko‘rinishi masalan, ayiq jigarrang boshqa hayvonlar ham o‘z shakli va rangidek bo‘lishi kerak. Klassik psixologiya noodatiy qahramonlar bola psixikasi uchun zararli deb hisoblaydi. Ayniqsa, maktabgacha bo‘lgan davrda bolada dunyo haqida tasavvur shakllanadi va ko‘rgan har qanday predmet xotirada uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bu degani bola kichikligidan ayiq qo‘ng‘ir rangda, dazmol issiq, bolg‘a esa og‘ir bo‘lishini tushunishi kerak. Yumshoq, puflanadigan bolg‘a singari o‘yinchoqlar esa tasavvurning to‘g‘ri shakllanmasligiga olib keladi. Bu, ayniqsa, fantaziya va nutqni rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Qo‘g‘irchoqlar
Barbi qo‘g‘irchoqlari bolalar o‘yinchoqlari orasida doim mashhur bo‘lgan. Bugungi kunda L.O.L va boshqa qo‘g‘irchoq analoglari ham yo‘q emas. Ammo tuzilishi jihatidan oshirib yuborilgan qo‘g‘irchoq turlari qizlarning kelajakda o‘zidan kamchilik qidirishi, onalikka nisbatan noto‘g‘ri munosabat shakllanishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi. Britaniyalik olimlar bolaligida barbi qo‘g‘irchoqlarini o‘ynagan qizlar o‘smirlik davrida psixologik o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘ladigan, ovqat hazm a’zolari kasalliklari, anoreksiya va bulimiya ko‘proq kuzatilishi ma’lum qilingan.

Jarrohlik amaliyotida ishlatadigan to‘plam
Do‘konlarda maniken tanasiga joylanishi kerak bo‘lgan a’zolar yoki jarrohlik amaliyotida ishlatiladigan to‘plamli o‘yinchoqlarni uchratish mumkin. Lekin ular orasida zararlilari ham yo‘q emas. Mutaxassislarning fikricha, anatomiyani ma’lum yoshda kattalar kuzatuvi ostida o‘rganilmasa, psixikaga noto‘g‘ri ta’sir qiladi.

Turli vazifalarni bajaradigan chaqaloq ko‘rinishidagi o‘yinchoqlar
Idishdan sut ichadigan, baland ovozda yig‘laydigan va kuladigan qo‘g‘irchoqlar qizlarga qilinadigan sovg‘alar orasida eng ko‘p uchraydigani sanaladi. Qizlarga ona-bola rolini o‘ynash imkonini beruvchi mazkur o‘yinchoq aslida bolalar fantaziyasini cheklanishi hamda tasavvurning noto‘g‘ri shakllanishiga sababchi bo‘ladi. Negaki u faqatgina vaqti-vaqti bilan yig‘laydi, uning xarxashalari esa bolada psixoz keltirib chiqarishi mumkin.

Buzish kerak bo‘lgan o‘yinchoqlar
Mutaxassislarning fikricha, qurish emas buzishga mo‘ljallangan o‘yinchoqlarni xarid qilmaslik kerak. Chunki bunday antikonstruktorlar bolada zo‘ravonlik qilish istagi paydo bo‘lishiga undashi va buzg‘unchilik qilganidan keyin rohat hissini tuyishiga sabab bo‘lishi mumkin. Biron narsani buzishga o‘rgangan bola o‘yinni hayot bilan qorishtirib qo‘yishi va boshqalarga ham zarar yetkazishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bola psixikasining buzilishiga sabab bo‘ladigan o‘yinchoqlar