11:17 / 23.10.2020
4 136

Jigar uchun foydali 6 mahsulot

Jigar uchun foydali 6 mahsulot
Foto: «Coream.ru»
Jigar — tanamizdagi eng katta bez. Uning vazifasi — vujudimizni zaharli va zararli moddalardan tozalash. Mazkur a’zoning muhim xususiyati shundaki, u tiklanish qobiliyatiga ega. Ma’lumki, jigarning yarmini kesib tashlaganda ham, muayyan vaqtdan so‘ng u to‘liq tiklanadi. Uning bunday qobiliyati bo‘lmaganida o‘smirlik davridayoq organizmimizdagi toksinlarni chiqarolmay qolardi. Natijada bunchalik umr ko‘rmagan bo‘lardik.

Biroq yosh o‘tgan sari jigarning tiklanish qobiliyati sekinlashadi. Shu bois butun umr tonnalab zararli taom va ichimliklarni o‘zidan o‘tkazuvchi ushbu a’zoning qadriga yetish kerak. Buning uchun zararli odatlarni tashlash va, albatta, taomnomani qaytadan tuzib chiqish lozim. Quyida jigarni saqlashga va tiklanishiga yordam beradigan mahsulotlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Zanjabil

Ushbu ildiz tom ma’noda barcha dardlar uchun dori sanaladi. U organizmdan zararli moddalarni chiqarib yuboradi va qon aylanishini yaxshilaydi. Zanjabil gepatit, gepatoz kabi jigar kasalliklari xavfini kamaytirishi ilmiy isbotlangan.

Dengiz karami

Ekzotik mahsulot tarkibidagi kislota zararli moddalarni birlashtirib, organizmdan chiqarib yuboradi. Bundan tashqari, u bir qator a’zolarga foydali. Negaki, foydali moddalarga boy.

Pomidor

Qizil sabzavot tarkibida o‘simlik kraxmali bo‘lib, u jigar uchun nihoyatda zarur. Jigar hujayralarining tezroq bo‘linishiga, ya’ni jigarning tezroq tiklanishiga yordam beradi.

Arpabodiyon

Ushbu sabzavot tarkibida A, V, Ye, R, S vitaminlari mavjud. Undan turli tibbiy dori-darmonlar tayyorlanadi. Doridan ko‘ra sabzavot sifatida iste’mol qilgan ma’qul. Chunki u jigar hujayralarining tiklanishida eng samarali mahsulot sanaladi.

Zaytun yog‘i

Oddiy kungaboqar yog‘i o‘rniga zaytun yog‘idan foydalanish tavsiya etiladi. Negaki, u organizm uchun juda foydali. Zaytun yog‘i nafaqat taom, balki biz nafas oladigan havo orqali vujudimizga kiradigan zararli moddalarni organizmimizdan chiqarib yuboradi.

Qovoq

Mazkur sabzavot turli parhezlarda tavsiya etiladi. Uni xohlagan ko‘rinishda iste’mol qilish mumkin. Negaki, yengil mahsulot hisoblanadi, ya’ni jigarimizni zo‘riqtirib qo‘ymaydi. Qovoqni taomnomaga kiritsangiz, ko‘p ovqat yeb qo‘yish, yog‘li taomlar tanovul qilish, chekish, alkogol iste’mol qilish kabi zararli odatlardan xalos bo‘lasiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Jigar uchun foydali 6 mahsulot