Respublika onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Mirzag‘olib Tillashayxov saratonni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
— Onkologik kasalliklar inson salomatligiga jiddiy ta’sir etayotgan dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammodir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, bunday kasalliklarga chalinish ko‘rsatkichi yildan-yilga o‘sib bormoqda. Dunyoda millionga yaqin birlamchi saraton holati aniqlanadi. Onkologik xastaliklar ichida eng ko‘p uchraydigani sut bezi saratonidir. Keyingi o‘rinlarda me’da, o‘pka va bachadon bo‘yni saratoni turadi.
Garchi xavfli o‘sma kasalligini davolash mushkul bo‘lsada, uning oldini olish imkoni mavjud. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xalqaro saraton tadqiqot agentligi (IARC) bu borada saraton profilaktikasining 12 yo‘lini ommaga taqdim etgan. Bular quyidagilar:
1. Chekmang, har qanday tamaki shaklidan foydalanmang.
2. Yashash va ish joyingizni tamaki tutunidan xoli qiling.
3. Tana vazni me’yorida bo‘lishi uchun harakat qiling.
4. Kundalik hayotda jismoniy faol bo‘ling. Kun bo‘yi o‘tirib vaqt o‘tkazmang.
5. Sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga rioya qiling:
- ko‘p miqdorda donli, dukkakli mahsulotlar, sabzavot va mevalar iste’mol qiling, yog‘li ovqatlarni, shakar iste’molini cheklang;
- qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari, qizil go‘sht va sho‘r taomlardan imkoni boricha tiyiling.
6. Spirtli ichimliklar ichmang.
7. Quyoshda uzoq turmang, ayniqsa, bolalarni quyosh nuridan himoyalang.
8. Agar kimyoviy sanoat korxonalarida ishlasangiz, xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda, saraton chaqiruvchi moddalardan o‘zingizni himoya qiling.
9. Tog‘li joylarda yoki radiatsiya xavfi bo‘lgan hududlarda yashasangiz, radon radiatsiyasi bor-yo‘qligini aniqlang. Yuqori radon darajasini kamaytirishga harakat qiling.
10. Ayollar uchun:
Emizish onaning saraton bilan kasallanish xavfini kamaytiradi. Agar imkoni bo‘lsa, bolani emizish kerak.
11. Bolalaringizni emlash dasturida ishtirok etishlarini ta’minlang:
- Gepatit B (chaqaloqlar uchun)
- Odam papilloma virusi (HPV) (o‘smir qizlar uchun).
12. Sut bezi, bachadon bo‘yni, yo‘g‘on ichak, me’da saratonining oldini olish bo‘yicha skrining dasturlarida qatnashing.
Mamlakatimizda aholi orasida saraton profilaktikasi bo‘yicha zamonaviy sharoitlar yaratilgan va bu jarayon uzluksiz takomillashtirilmoqda.
«2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori asosida onkologik kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish, skrining va yuqori texnologik tekshirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Doniyor Toshxo‘jayev lavozimidan ozod etildi
Rossiyaning Dniproga zarbasi NATOni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan qaytara olmaydi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi