Foto: Freepik
Muzlatkichdan olingan tovuqdan yomon hid kelishi uning ayniganini bildirmaydi. Ba’zida salafanga solingan tovuq muzlatkich polkasida tursa ham, dimiqib qolgani sabab shunday hid kelishi mumkin.
Tovuq go‘shtining hidini qanday qilib ketkazish mumkin?
Taom mazasi o‘zgarishiga ta’sir qilishi mumkinligi sabab ham paydo bo‘lgan hidni tayyorlashdan avval bartaraf qilish kerak.
Quyidagi mahsulotlar yordamida yomon hidni bartaraf qilish mumkin:
- Xantal
- Vino sirkasi yoki qizil vino
- Anor sharbati yoki anor sousi
- Margansovka
- Limon
- Kardamon, karri, rayhon, yong‘oq
- Quruq moychechak
- Tuz va shakar
- Sarimsoq
Tovuqni oqib turgan muzdek suvda yuving. Yaxshilab ishqalang, ustidagi yog‘ qatlami yomon hid chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bo‘laklarga bo‘lingan tovuq bo‘lagini nomiga margansovka solingan suvga solib qo‘ying. 3-4 soat davomida tuzli suvga solib qo‘ysa ham bo‘ladi.
Quritilgan moychechak solingan suvga solib qo‘yish ham yaxshi samara beradi. Buning uchun bir osh qoshiq moychechakni bir stakan qaynagan suvga ivitib qo‘ying. Keyin esa aralashmani 1 litr sovuq suvga aralashtiring. Yoqimsiz hid anqimasligi uchun tovuq go‘shtini pergament (yog‘ shimmaydigan) qog‘ozga o‘rash, ustidan tuzli suvga solingan sochiqqa o‘rab qo‘yish kerak.
Har bir tovuq bo‘lagiga xantal surtib, uni idishga soling. Ustidan plyonka yopib bir necha soatga muzlatkichga qo‘ying. Shuningdek, tuz yoki shakar ham yaxshi yordam beradi. Tovuq bo‘laklarini tuz bilan yaxshilab ishqalab, 2 soatdan keyin yaxshilab yuvib tashlang.
Tovuq bo‘laklarini maydalangan sarimsoq va tuz bilan aralashtirish ham yaxshi samara beradi. Murch qo‘shilsa, natija yanada yaxshi bo‘ladi. Aralashtirib 2 soatga muzlatgichga qo‘yish kerak. Qolaversa, marinad qilish orqali ham go‘sht hidini ketkazish mumkin. Buning uchun ziravorlardan tashqari, vino sirkasi, limon ishlatish mumkin. Tuz qo‘shishni ham yoddan chiqarmang. Aralashmani 2-3 soatga muzlatgichga qo‘ying. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
Tramp jamoasi Kim Chen In bilan muzokaralarni muhokama qilmoqda