Foto: «Domashniy ochag»
Choyning qora, ko‘k va boshqa navlari sog‘liq uchun juda foydali hisoblanadi. Darhaqiqat, u yurak-qon tomir tizmi, qondagi qand miqdorini nazorat qilishga yordam beruvchi, hattoki, metabolizmni yaxshilashga va yosh bilan bog‘liq kognitiv kasalliklar xavfini kamaytiradigan antioksidantlarga boy. Shifokorlar kuniga 2-3 stakan choy ichishni tavsiya qiladi.
Ammo surunkali yoki yoki boshqa kasalliklarga duch kelinsa, choy ichmagan ma’qul. Shuning uchun qaysi kasalliklarda choyni kamroq ichishga to‘g‘ri kelishini bilib qo‘yish kerak.
Buyraklardagi tosh
Ko‘k choy tarkibida ko‘plab oksalat kislota tuzlari mavjud. Agar ko‘k choy muntazam ravishda ichilsa, organizmda tuzlar ko‘payib, buyrak yoki o‘t pufagida toshlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ushbu holatdan aziyat chekayotganlar bo‘lsa, ko‘k choy ahvolni yomonlashtirishi mumkin.
Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi
Qora va ko‘k choy tarkibidagi teofillin moddasi fosfor kislota birikmasini ishlab chiqarishni to‘xtata oladi. Bu esa oshqozon kislotasi sekretsiyasining kuchayishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida oshqozon yarasi paydo bo‘lishiga va mavjudlarning yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
Ateroskleroz va gipertoniya
Ko‘k choy tarkibida kofein miqdori qahvanikiga qaraganda ancha yuqori. Bundan tashqari, teofillin moddasi qo‘shimcha ogohlantirish bo‘lishi mumkin. Ushbu moddalar birgalikda yarimmiya qobig‘ini faolroq ishlashiga undaydi. Bu esa qon tomirlarining torayishiga olib keladi. Natijada qon bosimining oshishi va qonda tromblar paydo bo‘lishi mumkin.
Osteoporoz
Aslida, 50 yoshdan keyin kuchli choy iste’molini cheklash kerak. Bu yoshda choy kalsiyni yuvib tashlashi tufayli suyaklar mo‘rtlashadi. Choy tarkibidagi ftor suyaklarda to‘planib, ularni yanada zaiflashtiradi. Ammo osteoporoz bilan og‘rigan bemorlar yoshiga ham qaramasdan choy ichmasligi kerak.
Kamqonlik
Choy temir moddasini ozuqalardan ajratib oladi va uning organizmga singishini susaytiradi. Ayniqsa, u ovqatdan so‘ng darhol ichilsa. Ushbu xulosa 2011 yilda Kaliforniya universiteti mutaxassislari tomonidan qabul qilingan. Shuning uchun kamqonlik tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, choy ichishdan bosh tortish yoki hech bo‘lmaganda ovqatdan so‘ng darhol ichmagan ma’qul. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Iroqda 37 yilda ilk bor aholi ro‘yxatga olinib, ularning soni ochiqlandi