11:30 / 11.03.2021
2 266

Xayolingizga ham kelmagani aniq: Maishiy texnikalarni ishdan chiqishiga olib keladigan sabablar

Xayolingizga ham kelmagani aniq: Maishiy texnikalarni ishdan chiqishiga olib keladigan sabablar
Foto: «Domashniy Ochag»
Hali foydalanganingizga ko‘p bo‘lmagan texnik buyumlarning ishdan chiqishi turli, ammo siz xayolingizga ham keltirmagan sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi
  • Kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga aksariyat hollarda bolajonlarning kichkina paypoqlari va boshqa mayda narsalar sabab bo‘ladi.
  • Barabanga tiqilib qolmasligi uchun kiyimni avval maxsus to‘rli qoplarga keyin esa mashina ichiga soling.
  • Liboslarni solishdan avval cho‘ntaklarini tekshirib ko‘rishni unutmang. Mayda detallar, saqich yoki shunga o‘xshash boshqa narsalar kir mashinasining ichiga tushib qolmasligiga e’tibor bering.
  • Birdaniga ko‘p kir solmang. Birinchidan yaxshi va toza yuvilmaydi, ikkinchidan bo‘lsa, mato yirtilishi va titilishi mumkin bo‘ladi.
  • Mashinaning ichki qismlarini tozalash muhim, ammo bunday vositalardan keragidan ortiq foydalanmaslik kerak. Tarkibida kimyoviy moddalar bisyor bo‘lgani sabab ulardan haddan tashqari ko‘p ishlatish texnikani muddatidan avval buzilishiga olib keladi.
  • Kir yuvadigan mashina ichida nam kirlarni qoldirmang, kir yuvish kukun solinadigan konteynerni yuvib, tozalab turing, baraban rezinkasini artishni ham unutmang. Bu mog‘or bosishi va yomon hid paydo bo‘lishining oldini oladi.

Mikroto‘lqinli pech
  • Muntazam ravishda mikroto‘lqinli pech kamerasi devoridagi yog‘larni artib turing. Yog‘ to‘planishi slyuda plastinasi qizib ketishi yoki sirlangan qatlamga zarar yetishiga olib keladi.
  • Mikroto‘lqinli pechni faqatgina ichida narsa borligida, biron taom yoki mahsulotni isitish uchungina yoqish kerak. Bo‘sh vaqtida ishlash rejimiga o‘tkazilsa, magnetron ishdan chiqishi mumkin.
  • Pech ichiga qo‘yish mumkin bo‘lmagan idish, shuningdek, folga qog‘ozdan foydalanmang. Metall detallar qo‘yilganda pech chirsillaydi.
  • Mikroto‘lqinli pechga isitish uchun 50 grammdan kam bo‘lmagan mahsulot qo‘yish kerak. Yengil mahsulot qo‘yadigan bo‘lsangiz yonida bir stakan suv qo‘yishni unutmang.

Idish yuvadigan mashina
  • Maxsus tuzdan foydaning. U suvni yumshatib, suvni eritadi. Bu mashina uchun muhim sanaladi. Aks holda uning ichki detallari ohakli qorishma bilan qoplana boshlaydi va bu ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
  • Tiqilib qolmasligi uchun ovqatning katta va yirik qoldiqlarini muntazam ravishda tozalashni esdan chiqarmang. Buning uchun rakovinada yuvish shart emas, shunchaki artib tashlansa bo‘ldi.
  • Mashina katta, ammo idishlar kam bo‘ladigan bo‘lsa, idishlarni chayish («opoloskivaniya») programmasidan foydalaning. Shunda mashina ichida namiqqan hid bo‘lmaydi.
  • Idishlarning yaxshi yuvilmasligiga ularning noto‘g‘ri joylangani va programmaning noto‘g‘risi tanlangani sabab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xayolingizga ham kelmagani aniq: Maishiy texnikalarni ishdan chiqishiga olib keladigan sabablar