13:56 / 13.06.2021
3 190

Gilos inson organizmi uchun qanchalik foydali?


Foto: Telegraf
Yoz faslining ilk oylarida do‘kon rastalari barchaning sevimli mevasi –giloslar bilan to‘lib-toshadi. Ushbu meva boshqa mavsumiy mevalardan ko‘p jihatdan ustun turadi. Gilos mevasi inson organizmi uchun qanchalar foydali ekanligi va nima uchun ularni ratsionga kiritish kerakligi haqida quyida tanishib chiqishish mumkin.

Uning tarkibida ko‘plab kletchatkalar mavjud
Tavsiya etilganidek kuniga 25-30 gramm kletchatkaga ega bo‘lish har doim ham oson emas. Gilos esa tana uchun juda foydali mikroelement hisoblanadi. Bir stakan gilosda 3 gramm kletchatkaga ega, shuning uchun rezavorlar kletchatkaning ajoyib manbayi bo‘lishi mumkin. Kletchatkaga boy parhezbop meva tana vaznini sog‘lom saqlashga, ichak sog‘lig‘ini yaxshilashga, xolesterinni kamaytirishga va yurak xastaligi xavfining oldini olishga yordam beradi va hattoki qondagi qand miqdorining ko‘tarilishidan saqlaydi.

Yallig‘lanishga qarshi ajoyib vosita
Mushaklar yoki bo‘g‘imlarda og‘riq bormi? Gilos og‘riqni yengillashtiradigan yoqimli shirinlik bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ular antosiyanlarga, ya’ni yallig‘lanishiga qarshi kurashadigan polifenollar guruhiga boy.

Bu yurak uchun foydalidir
Gilos tarkibidagi antosiyanlar ham yurakka foydali bo‘lishi mumkin. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida ushbu moddalar yallig‘lanishni kamaytirish va sog‘lom arteriya funksiyasini kuchaytirish orqali yurak kasalliklarining oldini olishda muhim rol o‘ynashi aniqlandi.

Uyqu sifatini yaxshilaydi
Gilos melatonin gormonining tabiiy manbayi bo‘lib, u tananing ichki soatini boshqarishda yordam beradi va sog‘lom uyqu rejimini rivojlantiradi, deb xabar beradi National Sleep Foundation. Bir kunda 25 dona gilos iste’mol qilish uch kun ichida yaxshi va uzoqroq uxlashingizga yordam beradi. Mutaxassislar maksimal foyda olish uchun yotishdan biroz oldin gilos iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Gilos inson organizmi uchun qanchalik foydali?