Jazirama kunlarda konditsioner olishga ulgurmaganlar uchun juda qiyin bo‘lishi mumkin. Sovitish mexanizmlarini ishlatmasdan, o‘zingizni issiqlikdan himoya qilish usullari haqida to‘xtalamiz.
Xonaga «sovuq» pardalar osing
Foto: AdMe
Uy ichidagi qulay iqlim ham haroratga ta’sir qiladi. Iqlimi issiq shaharlarda xona intereri uchun salqinlik illyuziyasini yaratadigan pardalarning sovuq va ochiq ranglarni ishlatgan ma’qul.
Har kim ham jaziramada ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga hafsala qilmaydi: u holda shunchaki ko‘k rangdagi pardalarni osib qo‘yish orqali salqinlikka erishish mumkin.
Xonani sovutish uchun suvdan foydalaning
Foto: AdMe
Qanchalik oddiy eshitilmasin, yozda suv bizning eng yaqin do‘stimizdir. Konditsioner yo‘qligida haddan tashqari issiqlikdan himoya qilish uchun ventilator oldiga suv va muz solingan idish qo‘yishingiz mumkin. Bu orqali xonaga sovuq bug‘ tarqaladi.
Agar yaqin atrofda ventilator bo‘lmasa, suv va muz solingan idishni deraza tokchasiga qo‘yish mumkin: tashqaridan kirgan issiq havo oqimlari avtomatik ravishda soviydi.
Yostiqni muzlatib qo‘ying
Foto: AdMe
Aynan yozda yaxshi uxlolmaymiz. Kunduzi issiq uyda uxlashni osonlashtirish uchun yostiq jildini paketga solib, muzlatkichda sovitib ko‘ring.
Og‘ir jismoniy faoliyatdan qoching
Foto: AdMe
Issiq mavsumda ko‘pincha ta’tilga chiqishni va hech narsa bilan shug‘ullanmaslikni xohlaymiz. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayniqsa, jazirama kunda tanani sovitish va maqbul haroratni saqlash uchun ko‘p energiya sarflaymiz. Shu bois jismoniy faoliyatni salqinroq vaqtgacha to‘xtatib turgan ma’qul.
Gazli ichimlik ichmang, muzqaymoq haqida unuting
Foto: AdMe
Muzqaymoq tanani sovitmasligi, aksincha isitishini ko‘pchilik bilmaydi. Sovitish effekti juda qisqa muddatli bo‘lib, organizm yuqori kaloriyali ovqatlarni hazm qilish paytida chiqadigan issiqlik bilan tezda o‘rin almashadi.
Shunga o‘xshash holat gazlangan ichimlik ichganda ham yuz beradi: issiqda ular nafaqat chanqoqni bosmaydi, balki tanani ko‘proq suvsizlantiradi.
Yotoqqa muzlatilgan idish qo‘ying
Foto: AdMe
Muzlatkichda bo‘lgan oddiy suvli idish ham uxlashni yengillashtiradi. Sovutilgan idishni yotishdan oldin choyshablar orasiga qo‘yish kerak.
Xonadan tekstil buyumlarni olib qo‘ying
Foto: AdMe
Jazirama ob-havo sharoitida og‘ir matolarni, dekorativ yostiqlarni, gilamlarni yig‘ib qo‘ygan ma’qul. To‘q rangdagi bunday buyumlar issiqlikni magnit kabi yutadi.
Qalin pardalar bo‘lgan xonada yoting
Foto: AdMe
Uyda tekstil buyumlarini yengilroq matolar bilan almashtirish kerak bo‘lsa-da, bu qoida jaziramada iloji boricha qalin bo‘lishi kerak bo‘lgan pardalarga taalluqli emas. Issiq kunlarda derazalarni mahkam yopib qo‘yganingiz ma’qul, lekin tashqarida ozgina shabada esa boshlasa, deraza va eshiklarni havo aylanishi uchun ochib qo‘ying.
Havoni vaqti-vaqti bilan namlang
Foto: AdMe
Har qanday namlagichlar havoni sovutishda yaxshi samara beradi, suv bilan to‘ldirilgan filtrlar havoni tozalaydi. Agar uyingizda bunday vosita bo‘lmasa, oddiy purkagichli idishdan foydalanishingiz mumkin. Polni tez-tez artib turish ham yordam beradi.
Xonaki gullarni ko‘paytiring
Foto: AdMe
Xona o‘simliklari uydagi issiq haroratni pasaytirishga yordam beradi, ular havoni tozalaydi va uni namlantiradi. Benjamin fikusi, aglaonema va manzarali palma uyni salqin saqlashda eng yaxshi o‘simlik turidir.
Elektr iste’molini kamaytiring
Foto: AdMe
Issiq havoda elektr energiyasini tejagan ma’qul: maishiy texnika va elektronika havoni yanada isitadi. Uyda televizor yoki kompyuter oldida nafasingiz qisilib kino ko‘rgandan ko‘ra, kinoteatrga borgan yaxshi — u yer uyingizga qaraganda ancha salqin bo‘ladi.
Gaz pechida ovqat pishirish ham xonaga qo‘shimcha issiqlik qo‘shadi. Issiq kunlarda yengil va sovitilgan taomlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi