7 136
«Qizim jig‘ingizga tegayotgan bo‘lsa, unga qaramang». Lola Karimova qizining yarimyalang‘och surati yuzasidan bayonot berdi
Foto: Instagram / @lolatillyaeva
O‘zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Tillayeva Instagram’dagi sahifasida qizi Maryamning yarimyalang‘och surati yuzasidan bayonot berdi.
- "Men sizlardan tinchlanib, hech qachon uchratmagan, bilmagan, sizga begona bo‘lgan insonlar hayotini yuragingizga bunchalik yaqin olmasligingizni so‘rayman.
To‘g‘ri, sizlar otam — birinchi prezident Islom Karimovni xotirlab, uni hurmat qilasiz va otam bunday xotira va hurmatga loyiq inson. Ular butun umrlarini xalqqa bag‘ishlagan edilar. Birinchi prezidentning farzandlari, nabiralari va boshqa qarindoshlari uning xalq oldidagi xizmatlariga mutlaqo aloqasi yo‘q va birinchi prezidentning ham ularning hayotiga aloqasi yo‘q — ular hayotdan ko‘z yumganlariga besh yil bo‘ldi.
Islom Karimov — bu juda katta nom va uning avlodlari o‘zining yaxshi va yomon xislatlariga ega bo‘lgan shunchaki oddiy insonlar va har biri o‘z hayoti bilan yashaydi. Ularning hayotlari faqat ularning o‘zlarigagina tegishlidir — ular yaxshi ish qiladilarmi yoki yomon ish qiladilarmi, sharmanda bo‘ladilarmi yoki o‘zlarini munosib ravishda tutadilarmi — bu faqat ularning ishi va huquqidir va buning uchun faqat o‘zlarigina javob beradi.
Men bu va u dunyoda har birimiz Alloh oldida qilgan amallarimiz uchun javob berishimizga ishonaman. Shuning uchun, keling, har bir inson qilgan ishlari uchun unga Yaratganning O‘zi hukm chiqarsin — ular o‘zlarini qanday tutishlari va kim bo‘lishlaridan qa’ti nazar.
Qizim Maryam 22 yoshda va u butun ongli hayotini chet elda o‘tkazgan, har bir inson kabi hayot to‘g‘risida — nima mumkin-u, nima mumkin emas, nima chiroyli-yu, nima jirkanch — uning o‘z tushunchalari bor. Har bir inson kabi u o‘z hayoti va amallari uchun o‘zi javob beradi va u qilgan ishlar faqat uning o‘zining hayotigagina ta’sir ko‘rsatadi.
Men onasi sifatida uni ma’qullashim yoki ma’qullamasligim mumkin — bu mening ishim, ammo u o‘zini qanday tutishi uchun butun mas’uliyat faqat uni o‘zining zimmasida yotadi. Bunga prezident Karimovning aloqasi yo‘q.
Karimov — o‘zining butun borlig‘ini o‘z ishiga bag‘ishlagan inson edi. U faqat o‘z xalqi haqidagi fikrlar bilan hayot kechirgan. U o‘z xalqining manfaatlarini o‘zining shaxsiy yoki oilasining manfaatlaridan ustun qo‘ygan inson edi. Shu tufayli bu inson uni uning o‘zi qilgan ishlari asosida xotirlab, hukm chiqarishlariga munosib. Uning farzandlari va nabiralari qilgan ishlarning bunga aloqasi yo‘q.
Agar qizim shunchalik jig‘ingizga tegayotgan bo‘lsa, unda unga qaramang. Siz o‘zingiz yoqtirgan amallar, sizga quvonch olib keladigan ishlar bilan shug‘ullaning. O‘zga insonning hayotidan jahlingiz chiqib, uni qoralash va g‘iybatlashishdan ko‘ra muhimroq narsa, nahotki, bo‘lmasa?", - dedi Lola Tillayeva.
Tillayevlar oilasi
Foto: Reuters
Ma’lumot uchun, Maryam Tillayevaning ichki kiyimsiz surati uning turmush o‘rtog‘i Amiran Sardarov tomonidan Instagram’ga joylashtirildi. Ushbu surat keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi. Keyinroq Amiran ushbu suratni sahifasidan o‘chirib tashladi hamda qilmishi uchun Karimovlar oilasidan kechirim so‘radi. Maryam esa turmush o‘rtog‘ining posti izohiga «Kechirim so‘rash kerakmas, menga sening qo‘ygan rasming yoqadi», — deb yozib qoldirdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi