11:18 / 16.08.2021
3 799

Shifokor jigar uchun eng xavfli mahsulotlarni ma’lum qildi

Shifokor jigar uchun eng xavfli mahsulotlarni ma’lum qildi
Foto: «Shutterstock/FOTODOM»
Hatto, taomnomadan yog‘li mahsulotlarni butunlay chiqarib tashlaganda ham, odamda jigar semirishi kuzatilishi mumkin, dedi rossiyalik terapevt va diyetolog Tatyana Tarnovskaya.

Shifokorning ta’kidlashicha, bunday tashxisni nafaqat yog‘li va qovurilgan ovqatlarni iste’mol qilish, balki yog‘siz diyeta ham qo‘zg‘atishi mumkin. Bu yog‘ kislotalari miqdorining pasayishiga olib keladi. Natijada jigar o‘z-o‘zidan yog‘larni sintez qila boshlaydi.

«Ularni gepatotsitlar — hujayralariga zaxiralab qo‘yadi. Buning oqibatida jigar semira boshlaydi», — deya Tarnovskayaning so‘zlarini keltiradi «Doktor Piter» portali.

Mutaxassis palma yog‘i va trans yog‘lar qo‘shilmagan, lekin yog‘ miqdori me’yorda bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilishni maslahat beradi. Shuningdek, spirtli ichimliklar va shirinliklardan tiyilish zarur.

Diyetologning so‘zlariga ko‘ra, mevalar ham jigar uchun xavfli sanaladi. Ular tarkibida fruktoza bor. U esa jigarga tushgach zararli yog‘larga yoki peshob kislotasiga aylanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shifokor jigar uchun eng xavfli mahsulotlarni ma’lum qildi