13:30 / 03.09.2021
2 590

50 yoshdan keyin ayollarga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi?

50 yoshdan keyin ayollarga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi?
Foto: Pinterest
50 yoshdan keyin ayollarda gormonlar darajasi tabiiy ravishda pasayadi, buning natijasida sog‘liq va tashqi ko‘rinish yomonlashadi. Menopauza boshlangan deyarli barcha ayollarda esterogen va progesteron yetishmasligi kuzatiladi, shu sababli teridagi kollagen darajasi kamayadi, ajinlar paydo bo‘ladi, osteoporoz boshlanadi, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi oshadi, semirish boshlanadi. Endokrin kasalliklar, onkologik kasalliklar boshlanishi mumkin.

Esterogenlar gormonlari menopauza boshlanishi bilan ularning sintezi asta-sekin kamayadi. Natijada esterogen tomonidan boshqariladigan a’zolarda buzilish paydo bo‘ladi. Esterogenlar faqat tuxumdonlar ishlashida emas va yana suyaklarning yangilanishida, tana haroratini boshqarishda, kollagen va gialuron kislotasi sintezida ishtirok etadi.

Fitoesterogenlar o‘simlik gormonlaridir, ular o‘simliklar tomonidan o‘z maqsadlari uchun ishlab chiqariladi. Fitoesterogenlar tuzilishi jihatidan haqiqiy esterogenlarga o‘xshash bo‘lgani uchun ular organizmdagi esterogenlarni qisman almashtirishi mumkin. O‘simlik gormonlarining bu xususiyatlari menopauza paytida ayollarga uning namoyon bo‘lishi va oqibatlari bilan kurashishda yordam berish uchun keng qo‘llaniladi.

Xususiyatlari:
Ko‘p sonli tadqiqotlar fitoesterogenlar ta’sirida organizmda lipid almashinuvi normallashganini ko‘rsatadi. Qon bosimini, S-reaktiv oqsil darajasini pasaytiradi, buyraklarda qon aylanishini yaxshilaydi. Soya va uning mahsulotlaridan olingan fizoesterogenlar visseral yog‘ to‘qimasini kamaytiradi. Ikkinchi toifa qandli diabet kasalligi rivojlanishini kamaytiradi, osteoblastlarning rivojlanishini rag‘batlantiradi va suyak rezorbitsiyasini kamaytirishi hisobiga suyak minerallar zichligini oshiradi. Tadqiqotlar muntazam fitoesterogenlar qabul qilgan ayollarda suyak mineral zichligini 2,4 foizga oshganini ko‘rsatgan.

Qaysi mahsulotlarda mavjud?

Zig‘ir urug‘lari

Sariq yoki jigarrang rangdagi bu mayda urug‘lar fitoesterogenlarga juda boy. Salatlar, sho‘rvalar va pishirilgan issiq ovqatlarga qo‘shish tavsiya qilinadi. Zig‘ir urug‘idan tayyorlangan fitoesterogenlar ko‘krak bezi saratoni xavfini kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi, ayniqsa menopauza davrida.

Sarimsoq piyoz
Sarimsoq nafaqat ko‘plab taomlarning mazali tarkibiy qismi, balki menopauza davridagi ayollar uchun ajoyib sog‘lom taomdir. U fitoesterogenlarga boy va qondagi esterogen darajasiga ta’sir qiladi.

Soya
Izoflovonlar deb ataladigan fitoesterogenlarga boy, ular o‘zlarini esterogenlar kabi tutadi va qondagi esterogen darajasini nazorat qila oladi – kerak bo‘lganda oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. O‘simlik oqsillariga juda boy, soya suti, soya uni shaklida ko‘p foydalaniladi.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 50 yoshdan keyin ayollarga qanday mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi?