Foto: Pinterest
Ovqatni samarali hazm qilish uchun bunda ishtirok etadigan tizim va organlar to‘g‘ri ishlashi kerak. Jigar safro ishlab chiqaradi va u o‘t qopida to‘planadi.
Ovqatlanganda o‘t qopi qisqarib, tarkibini ichakka bo‘shatadi. Safro yog‘li ovqatlarni hazm qilishda ishtirok etadi, fermentlarni faollashtiradi, ichak harakatini rag‘batlantiradi. Oshqozon osti bezi ovqat hazm qilish fermentlarini ishlab chiqaradi, ular oqsillarni, yog‘larni va uglevodlarni parchalashga yordam beradi. Oshqozonda har bir taom uchun xlorid kislotasini o‘z ichiga olgan me’da shirasi ishlab chiqariladi. Xlorid kislota me’da shirasining antibakterial ta’sirini ta’minlaydi va hazm qilish uchun zarur muhitni tayyorlaydi.
Afsuski, hozirgi tez va shiddatli hayot tarzida noto‘g‘ri ovqatlanish, stress, ruhiy va jismoniy charchoq oqibatlarida ko‘pchilikni jig‘ildon qaynashi, ya’ni me’da shirasining kislotaliligi oshishi tez-tez bezovta qilib turadi. Bu holatga ko‘pchilik e’tibor bermaydi.
Qanday vaqtlarda ehtiyot bo‘lish zarur?
- oshqozon sohasida og‘riq bo‘lsa;
- ovqatlanishdan oldin va keyin jig‘ildon qaynasa;
- qorin dam bo‘lsa, oshqozon sohasida og‘irlik sezsa, achchiq suv bilan kekirish paydo bo‘lsa;
- tilda oqarish, ko‘ngil aynish qo‘shilsa.
Oshqozon kislotasi sekretsiyasini kamaytirishga va yaxshilashga yordam beradigan mahsulotlar:
Sut
Jig‘ildon qaynaganda 100 gramm sut yaxshi yordam beradi. Bir kunda uch mahal ovqatlanishdan oldin ichish tavsiya etiladi.
Sho‘rva
Tovuq go‘shtidan va qo‘shimcha sabzavotlardan — lavlagi, kartoshka, qovoq bilan pishirilsa, yaxshi foyda beradi.
Bo‘tqa
Guruch, arpa, grechkadan sutda yoki suvda pishirilgan bo‘tqalar ham yaxshi yordam beradi.
Asal
Asal va asalarichilik mahsulotlari yuqori kislotalilikni kamaytirishga yordam beradi va oshqozon shilliq pardasini himoya qiladi.
Ertalab bir choy qoshiq asalni 100 gramm suvga eritib, och qoringa iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, 1:1 nisbatda asal va aloe sharbatidan tayyorlangan sharbatni kuniga uch mahal bir choy qoshiqdan ovqatdan 30-40 daqiqa oldin iste’mol qilish mumkin.
Kartoshka suvi
Yangi tayyorlangan kartoshka sharbati immunitet tizimini mustahkamlaydi, qon bosimini pasaytiradi, shuningdek, me’da shirasi kislotaliligini kamaytirishga yordam beradi. Kartoshka suvi ovqatdan 30-40 daqiqa oldin ichiladi. Avvaliga bir osh qoshiqdan boshlanadi, sekin-asta 100 grammga yetkazish kerak. Bir oy davomida ichiladi. Kartoshka sharbatini tayyorlashda faqat sifatlisini ishlatish kerak. Oksidlanishning oldini olish uchun plastik qirg‘ichlardan foydalanish kerak.
Quritilgan non
Yangi non me’da shirasi sekretsiyasini oshiradi, shuning uchun suvi qochgan non iste’mol qilish foyda keltiradi.
Mevalar
Olma, qizil sabzini yaxshilab chaynab yoki qirg‘ichdan o‘tkazib, har kuni iste’mol qilish yaxshi foyda beradi.
Oshqozon kislotaliligi oshgan mahalda qahva, yog‘li taomlar, qovurilgan ovqatlar, achchiq taomlardan vaqtincha voz kechish kerak va ovqatlarni o‘rtacha issiqlikda iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi