09:55 / 18.09.2021
2 063

Muntazam to‘yib uxlamaslikning organizm uchun qanday zarari bor?

Muntazam to‘yib uxlamaslikning organizm uchun qanday zarari bor?
Foto: Freepik
Uyqu bilan bog‘liq muammolar faqatgina kayfiyat va ish samaradorligiga ta’sir qilmay qolmaydi. Ko‘plab tadqiqotlarda doimiy ravishda tiniqib uxlamaslik salomatlik bilan birga hayot davomiyligiga ham salbiy ta’sir qilishi aniqlangan.

Reaksiya bildirish bilan bog‘liq muammo
Odam qancha kam uxlasa, diqqat qilishi va e’tiborini jamlashi shuncha qiyin bo‘ladi. Shu bilan birga noto‘g‘ri qaror qabul qilish ehtimoli ham ko‘payadi. Uyqu me’yorda bo‘lmasa, mashina haydash, kuch sarflanadigan sport mashqlari va yaxshi reaksiya talab qiladigan boshqa ishlarni kechga qoldirgan yaxshi.

Xotira susayadi
Kechasi bilan uxlamasdan imtihon yoki muhim chiqishga tayyorgarlik ko‘rganlar kutilgandek ijobiy natijaga erisha olmasligi mumkin. Gap shundaki, uyquning yetishmasligi yangi axborotni eslab qolishga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Bu ham yetmagandek, xotirada saqlanib qolgan ma’lumot ham esdan chiqib qolishi mumkin.

Immunitet susayadi
Uyqu vaqtida odam nafaqat dam oladi, balki organizmni tiklanadi ham. O‘tkazilgan tadqiqotlarda uyqu respirator virusli kasalliklar masala, grippdan tuzalishni jadallashtirishi aniqlangan. Uyqu vaqtida immun tizimi bakteriya va viruslar bilan kurashadigan sitokin singari moddalarni ishlab chiqaradi. Kam uxlaganda esa sitokinlar kurashish uchun yetarli miqdorda bo‘lmaydi.

Yurak kasalliklari xavfi ortadi
To‘liq tungi uyqu qondagi qon miqdori, shuningdek, qon bosimini nazorat qilishga yordam beradi. Ikkinchi omil ayniqsa, yurak-qon tizimi salomatligi uchun muhim sanaladi. Ko‘plab o‘tkazilgan zamonaviy tadqiqotlarda uyqusizlik hamda insult va yurak xuruji o‘rtasida aloqadorlik borligi aniqlangan.

Depressiya xavfi ortadi
2017 yildagi 10 ming kishi ishtirok etgan tadqiqotda, uyqusizlikdan aziyat chekadiganlarda depressiya xavfining rivojlanishi 5 karra ko‘proq bo‘lishi ma’lum aniqlangan. Bundan tashqari, uyquning yo‘qolishi ushbu kasallikka xos ilk simptom sanaladi.

Ortiqcha vazn to‘planadi
Uyqu yetarli bo‘lmasa, moddalar almashinuvini nazorat qiluvchi leptin shuncha kam, «ochlik gormoni» sifatida ma’lum bo‘lgan grelin esa shuncha bisyor bo‘ladi. Qolaversa, me’yordan kam uxlaganda, stressni yengish uchun ko‘pincha zararli ovqatlarga bo‘lgan talab yuqori bo‘ladi.

Qandli diabetning kelib chiqish xavfi ortadi
To‘liq uyqu organizmdan glyukoza ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Keragidan kam uxlansa, hujayralar glyukozani shuncha sekin ishlab chiqaradi va qandli diabet xavfining paydo bo‘lishi shuncha ko‘p bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Muntazam to‘yib uxlamaslikning organizm uchun qanday zarari bor?