14:51 / 17.10.2021
2 030

Nimalarni kir yuvish mashinasiga solmagan ma’qul?

Nimalarni kir yuvish mashinasiga solmagan ma’qul?
Foto: «Domashniy ochag»
Sifati, tuzilishi o‘zgarmasligi, shuningdek, rangi chiqmasligi uchun hamma narsani ham kir mashinaga solaverish yaramaydi.

Yostiqlar
Samolyot va kursida o‘tirganda bosh qo‘yishga mo‘ljallangan yostiqlarning yorlig‘ida bunga ruxsat berilsagina kir yuvish mashinasiga solsa bo‘ladi. Aks holda, yangisini xarid qilishingizga to‘g‘ri keladi.

Nima qilish kerak?
Eng avvalo bu kabi yostiqlar ichida sun’iy to‘ldirgich bo‘lgani va gipoallergen ekani hisobiga boshqalariga nisbatan uzoq vaqt davomida toza turadi. Dog‘ bo‘lsa, mutaxassislar uni artib ko‘rishni tavsiya qiladi. Qo‘lda yuvish mumkinligi ko‘rsatilgan belgi bo‘lsa, tog‘ora yoki vannaga solib yuvish hamda gipoallergen suyuqlik qo‘shish mumkin. Suvi silqiganidan keyin havo almashadigan yerda quritish kifoya.

Jun matosidan bo‘lgan istalgan kiyim
Boshqa kiyimlar bilan qo‘shib yuvilganda ularga yopishishi, shuningdek, barabanga tiqilib qolishi mumkinligi sabab ham jun matosidan tikilgan kiyimlarni kir yuvish mashinasiga solganda ehtiyot bo‘lish lozim.

Nima qilish kerak?
Mashinaga solishdan avval bir sidra ustidagi ajralib turgan qatlamni qo‘lingiz bilan yig‘ib oling. Bu borada rezinali qo‘lqop yaxshi samara beradi. Ish bermasa, past haroratda qizdirib dazmol qiling. Keyin esa yorlig‘idagi ko‘rsatma bo‘yicha yuving.

Kashta va to‘rli kiyim-kechaklar
Mashinkada yuvish bunday kiyim va narsalarni rasvo qilishi mumkin. Baraban yoki filtrga tiqilib qolishi mumkinligi sabab esa, ayniqsa, yelimlangan elementli liboslarni solmaslik kerak. Tugma va zamok kiyimning kashtali qismiga ilinib qolishi, oqibatda esa yaroqsiz holga kelishi mumkin.

Nima qilish kerak?
«Faqat kimyoviy tozalash» deb yozilmagan bo‘lsagina, qo‘lda yuvishingiz mumkin.

Katta kiyim-kechaklar
Sig‘ishi qiyin bo‘lgan adyol va kiyimlarni majburlab mashinaga tiqishga harakat qilmang. Baraban bemalol aylanishi va dog‘lar ketishi uchun kir yuvish mashinasining ichidagi joy yetarli bo‘lishi kerak.

Nima qilish kerak?
Kattaroq va ko‘proq kiloga mo‘ljallangan mashina bo‘lsa, bemalol. Eng yaxshisi esa kimyoviy tozalatish hisoblanadi.

Chiyduxoba, jun va kashemirdan tikilgan kiyim-kechaklar
Bunday narsalar kir mashinada yuvilganidan keyin ahvoli yomonlashib, «katishka»lar paydo bo‘ladi. Hatto teshik paydo bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas.

Nima qilish kerak?
Kiyimning ma’lum qismini namlab ustiga oq mato qo‘ying. Agar rangi chiqmasa va holati yomonlashmasa, qo‘lda yuvishingiz mumkin. Rangi chiqadigan bo‘lsa, kimyoviy tozalatishdan boshqa iloj yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nimalarni kir yuvish mashinasiga solmagan ma’qul?