Foto: Hungry Forever
Shakar yoki tuzning o‘zi xavfli hisoblanmaydi va organizmning me’yoriy faoliyati uchun kerakli element. Ammo haddan ortiq miqdorda ko‘p bo‘lsa, bir qancha yoqimsiz oqibatlar, xususan, qorin shishishi va kuchli bosh og‘rig‘iga olib keladi. Aksariyat hollarda iste’mol qilinadigan tuz miqdori nazorat qilinadi, ammo mahsulotlar tarkibidagi natriy e’tibordan chetda qoladi. Har bir odam sutka davomida o‘rtacha 3400 mg tuz iste’mol qiladi, kunlik me’yor esa 2300 mg tashkil qiladi. Qanday alomatlar iste’mol qilinadigan tuz miqdorini qisqartirish kerakligidan darak beradi? Quyida bu haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Doimiy chanqoq
Natriy organizmdagi suv balansi uchun kerakli bo‘lgan muhim elementlardan hisoblangani sabab ham tuz iste’moli muhim sanaladi. Ammo me’yorga e’tibor berilmasa, ortiqcha natriy organizmdagi suvni ushlab qoladi. Miya esa suv ichish kerakligini eslatib, signal beradi. Organizmda tuz bisyor bo‘ladigan bo‘lsa, chanqoq umuman qolmasligi mumkin.
Shishlar
Shishlar ham chanqoq singari sabablar bois paydo bo‘ladi. Tuz suvni ushlab qolgani hisobiga qon aylanishi, moddalar almashinuvi sekinlashadi. Bularning bari qutulish qiyin bo‘lgan shishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Tuzning haddan ortiq ko‘p ekani sabab ichaklarda diskomfort va qorinda shish kuzatilishi mumkin.
Bosh og‘rig‘i
Boshning sababsiz og‘rishi so‘nggi iste’mol qilgan mahsulot bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tuzning haddan ortiq ekani miya qon tomirlarining kengayishiga olib kelishi va bundan keyin bosh og‘rig‘i kuzatilishi mumkin.
Odatiy mahsulot va taomlarning ham sho‘r tuyilishi
Yuqorida ta’kidlangan simptomlardan tashqari, natriyning haddan ortig‘i ta’m bilish retseptorlariga ham ta’sir qiladi. Oqibatda sezuvchanlik kamayib, tuzni ko‘p iste’mol qilishga bo‘lgan talab ortishi mumkin.
Iste’mol qilinadigan tuz miqdorini kamaytirish uchun nima qilish kerak?
Tuz bisyor bo‘lgan mahsulotlardan tiyiling
Amerika parhezshunoslar uyushmasining fikricha, tuz serob bo‘lgan mahsulotlar: non va bulochkalar, kolbasa, burgerlar, pitssa, yarimtayyor mahsulotlar va konservalar salomatlik uchun xavfli.
Uy sharoitida tayyorlangan taomlarni iste’mol qiling
Restoran, kafedagi taomlar qanday sharoitda tayyorlangani va qancha tuz qo‘shilganini bilolmaysiz, shu sabab ham iloji boricha uyda tayyorlangan taomlarni iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Ziravorlardan foydalaning
Taom mazali tuyulmasa, tuz qo‘shishga shoshilmang. Tarkibida tuz bo‘lmagan turli ziravorlar ham bu borada yordam berishi mumkin.
Konservalangan mahsulotlarni iste’mol qilishdan avval yuving
Konservalangan jo‘xori va loviyasiz hayotingizni tasavvur qila olmasangiz, iste’moldan avval yaxshilab yuvish tavsiya qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi