Foto: Getty Images
Qaysi mahsulotlar hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolardan biri — jigar faoliyatini yaxshilashi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Rang-barang sabzavotlar
Rang-barang sabzavotlar karatinoidlardan tashqari, sabzavotlarda jigar hujayralarini zararli radikallardan himoya qiluvchi, yallig‘lanish jarayonining oldini oluvchi antioksidantlarga ham boy sanaladi. Qolaversa, qarish jarayonini sekinlashtirgani sabab ham ratsionga qizil va olovrang sabzavotlar — sabzi, qovoq va bulg‘ori qalampirini kiritish tavsiya qilinadi.
Gulkaram
Gulkaram nafaqat jigar, balki butun organizm uchun muhim bo‘lgan vitamin va minerallarning koni sanaladi. Uni doimiy ravishda iste’mol qilish jigar faoliyatini yaxshilab, o‘t suyuqligini jadal ajralishini ta’minlaydi, organizmdan shlaklarni chiqarishga hissa qo‘shadi. Bundan tashqari, parhezbopligi uchun sarvqomat bo‘lishni istaganlar ratsioniga kiritish tavsiya qilinadi.
Avokado
Antioksidant birikmalar, vitamin va foydali yog‘larning koni bo‘lgan avokado jigar hujayralarini tiklanishi va mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi, faoliyatini yaxshilaydi.
Suli yormasi
Suli yormasi kletchatka va jigarni zararlanishdan saqlaydigan beta-glyukanlarning koni sanaladi. Uning iste’moli kelib chiqish ehtimoli yuqori bo‘lgan surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfini kamaytiradi. Shuningdek, oshoqozn-ichaklar trakti, miya faoliyatini yaxshilab, vaznni me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi. Sekin singadigan uglevodlar serobligi hisobiga uzoq vaqt qorinni to‘q tutadi.
Quritilgan mevalar
Quritilgan mevalar jigarning me’yoriy faoliyati uchun muhim bo‘lgan glyukoza, vitamin va minerallarning koni. Qo‘shimcha shakari bo‘lmagan tabiiy mahsulot, vitamin va kletchatkalarga boyligi bilan o‘ziga xosdir. Quritilgan o‘rik, qorag‘at va anjir, ayniqsa jigar uchun foydaning koni. Ammo kaloriyasi serob ekani sabab iste’mol borasida me’yorni bilish tavsiya qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi