08:20 / 07.12.2021
2 128

Miya faoliyatini yaxshilovchi eng yaxshi besh ichimlik

Miya faoliyatini yaxshilovchi eng yaxshi besh ichimlik
Zamonaviy hayot tarzida inson miyasi orqali har kuni katta hajmdagi axborot o‘tadi. Uni normal o‘zlashtirish uchun yuqori konsentratsiya va faol xotira talab qilinadi.

Ayrimlar hatto miya faoliyatini yaxshilash va mahsuldorlikni oshirish uchun ko‘pchilik turli biologik faol qo‘shimchalar (BAD) va "aqlli" tabletkala iste’mol qiladi. Lekin qo‘yidagi oddiy tabiiy ichimliklar ham miya faoliyatini yaxshilaydi.

Qahva
Bugungi kunda kofe eng mashhur ichimliklardan biri hisoblanadi. Tarkibidagi kofein tufayli u miya samaradorligini oshiradi. Olimlar uzoq vaqtdan beri ushbu ingrediyent miyaning fikr jamlash va xotirani qobiliyati yaxshilashini aniqlashgan. Shuningdek, kofe Alsgeymer kasalligi xavfini kamaytiradi.
Faqat har bir kishi o‘z organizmi uchun qahvaning meyorini bilishi va beligangan miqdordan oshmasligi kerak. Kuniga to‘rt stakandan ko‘p emas!

Ko‘k choy
Ko‘k choy tarkibida qahvaga qaraganda kamroq kofeinga ega bo‘lsada, u ham diqqatni jam qilish va organizmni tetiklantiruvchi ichimlik hisoblanadi. Bir piyola ko‘k choy miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va turli kasalliklarga qarshi kurashadi.

Choy qo‘ziqorini
Kombucha (kombucha) ham kam bo‘lmagan qimmatli ichimlik hisoblanadi. U probiotiklar deb ataladigan foydali bakteriyalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ular miya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Kombuchani o‘zingiz tayyorlashingiz yoki maxsus do‘konlarda xarid qilishingiz mumkin.

Apelsin sharbati
Yangi siqilgan apelsin sharbatida miya uchun zarur bo‘lgan juda ko‘p S vitamini mavjud. Qon tarkibida ushbu vitamin miqdori yuqori bo‘lgan odamlar ma’lumotni eslab qolishlari, shuningdek, chet tillarini yaxshi o‘rganishlari isbotlangan.

Kefir
Kefir, kambucha kabi, probiyotiklarga boy. Bu fermentlangan ichimlik miya faoliyatiga yordam beradi, shuningdek, inson tanasida muhim bakteriyalarning ko‘payishiga yordam beradi. Kefirni yoqtirmaydiganlar uni qo‘shimchalarsiz ichimlik yogurt bilan almashtirishlari mumkin. Uning tarkibida fermentlar ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Miya faoliyatini yaxshilovchi eng yaxshi besh ichimlik