Foto: «Domashniy ochag»
Ko‘pchilik uyqudan turishi bilanoq o‘ziga kelish uchun qahva ichishni afzal biladi. Aslida esa tetiklashishning bir qancha usullari bor. Ulardan eng keng tarqalgani va sergak bo‘lishga hissa qo‘shishdan tashqari, immunitetni mustahkamlab, teri ahvolini yaxshilanishiga yordam beradigan usul haqida Harper’s Bazaar nashri ma’lumot beradi.
Sport mashg‘ulotlaridan keyin organizmning tiklanishiga yordam beradi
Ayrim sportchilar mashg‘ulotlardan keyin muzli vanna qabul qilishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bu bejizga emas: sovuq dush ham aynan shunday samara beradi. Sport zalidagi mashg‘ulotlardan keyin mushaklar zo‘riqishi va ularda yallig‘lanish jarayonlari boshlanishi mumkin bo‘ladi. Gap shundaki, sovuq suv yallig‘lanishning oldini olib, mushaklardagi og‘riqni bartaraf qiladi.
Immunitetni mustahkamlaydi
Yaxshi samara berishi uchun shifokorlar sovuq va issiq suvni almashtirib dush qabul qilishni tavsiya qiladi. Suv haroratining keskin o‘zgarishi natijasida organizm virus va kasalliklarga chidamli bo‘ladi.
Vazn tashlashga yordam beradi
Sovuq suv organizmdagi moddalar almashinuvini yaxshilaydi, to‘g‘ri ovqatlanish va sport bilan birga umumlashtirilganda esa mukammal qomatga ega bo‘lsa bo‘ladi.
Yuz terisi rangini yaxshilaydi
Sovuq suv yuz terisi uchun foydali. Buni yaxshi bilgan Gollivud yulduzi Merilin Monro har tong yuzini muz bo‘laklari bilan artgan. Sovuqdan teridagi teshikchalar torayib, yuz tiniq va tekis bo‘ladi. Qolaversa, tongda sovuq suvda yuvinish tetiklashish va uyquning yo‘qolishiga hissa qo‘shadi.
Diqqatni jamlashga yordam beradi
Sovuq dush diqqatni jamlash va sergak bo‘lishga yordam beradi. Gap shundaki, haroratning keskin o‘zgarishi organizm uchun stress bo‘ladi. Sovuq suv esa organizmga salbiy bo‘lgan stressli reaksiyaga izn bermaydi, aksincha hushyor bo‘lishga hissa qo‘shadi.
Qanday qabul qilish kerak?
Dushni turlicha qabul qilish mumkin. Kimgadir 10-15 daqiqa kifoya qilsa, boshqalarga 1,5-2 daqiqada issiq va sovuq suvni almashtirish yetarli bo‘ladi. Siz esa o‘zingizga to‘g‘ri keladigan usuldan foydalanganingiz yaxshi. Ammo foydali ekani bilan birga sovuq dush hammaga ham to‘g‘ri kelavermasligini yodda tutish kerak. Haroratning keskin o‘zgarishi yuragida muammosi bor, qon bosimi baland va immuniteti haddan ortiq past kishilar ahvolini yanada yomonlashtirishi mumkin. Shu sabab ham sovuq dush qabul qilishdan avval, albatta, shifokor bilan maslahatlashish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
O‘zbekistonda 1 dekabrdan uy-joyni ta’mirlash uchun kreditga arizalar qabul qilinadi
Lukashenko polshalik qochoq sudyaga boshpana taqdim etdi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Pokistonda minglab namoyishchilar sobiq bosh vazir Imron Xonning ozod etilishini talab qilmoqda