12:28 / 13.12.2021
2 422

Har kuni tuxum iste’mol qilish foydalimi yoki zararli?

Har kuni tuxum iste’mol qilish foydalimi yoki zararli?
Foto: «Harpar’s Bazaar»
Nafaqat nonushta, balki salat va tansiq yeguliklar uchun ayni muddao bo‘lgan tuxum iste’moli inson salomatligiga qanday ta’sir qilishi haqida «Harper’s Bazaar» nashri ma’lumot berib o‘tadi.

Tuxumni foydali hisoblangan mahsulotlardan tuzilgan deyarli barcha ro‘yxatda uchratsa bo‘ladi. Ushbu mahsulot oqsil, vitamin, mineral va yog‘larning koni ekani bilan o‘ziga xosdir. Ammo aksariyat mutaxassislarning ma’lum qilishicha, tuxumni me’yoridan ortiq darajada iste’mol qilish organizmga faqat foydadan tashqari jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Foydali moddalar bisyor bo‘lgan tuxumning oqida aminokislotalar, A, D, E, K, qolaversa, B guruhi vitaminlari mujassam bo‘ladi. Sarig‘i esa organizmni turli zarar, yallig‘lanishlardan saqlaydigan, erta qarishning oldini olib, teri, soch va tirnoqlar ahvolini mustahkamlaydigan antioksidantlarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, tuxumda suyak va bo‘g‘imlar mustahkamligi uchun ahamiyatli hisoblangan kollagen ishlab chiqarilishini yaxshilovchi minerallar ham serob. Qorinni to‘q tutib, ortiqcha ovqatlanishning oldini oladigan tuxum parhez qiladiganlar uchun ayni muddao. Yevropaning Nutrition jurnalining 2013 yildagi sonida ma’lum qilinishicha, nonushtaga iste’mol qilingan tuxum ortiqcha ovqatlanib yuborish xavfini 30 foizga kamaytiradi va inson o‘zini uzoq vaqt to‘q his qiladi.

Biroq ushbu mahsulotning me’yoridan ortig‘i yurak-qon tomir tizimi uchun xavfli. Chunki tuxum foydali omega-3 yog‘ kislotasidan tashqari, «yomon xolesterin» – lipoprotein ham o‘z ichiga oladi. Uning bir donasida 180 mg «yomon xolesterin» mavjud, kunlik me’yor esa 300 mg tashkil qiladi. Bu yurak faoliyatida muammo keltirib chiqarishi mumkin. Yurak bilan bog‘liq kasalliklar paydo bo‘lish xavfining oldini olish uchun kuniga tuxumni bir martadan ko‘p iste’mol qilmaslik tavsiya qilinadi. Onda-sonda 2 yoki 3 dona yesa ham bo‘ladi, faqat bu odat bo‘lib qolmasligi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har kuni tuxum iste’mol qilish foydalimi yoki zararli?