3 883
Tuxum iste’mol qilish va insult xavfining kamayishi o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
Foto: «Domashniy ochag»
Insult har yili millionlab insonlarning hayotiga zomin bo‘ladigan xavfli kasallik hisoblanadi. Shifokorlar kasallikning kelib chiqish xavfini kamaytirish uchun qon bosimini nazorat qilish, chekishdan voz kechish, sport bilan shug‘ullanib, to‘g‘ri ovqatlanish kerakligini ta’kidlaydi.
Heart nashrida e’lon qilingan tadqiqotda insult profilaktikasi uchun kuniga bir dona tuxum iste’mol qilish kifoyaligi aytiladi. 9 yil davomida yarim million inson salomatligini tahlil qilgan tadqiqotchilar, kuniga hech bo‘lmaganda bir dona tuxum iste’mol qilganlarda yurak kasalliklarining xavfi 11 foizga. Insult xavfi esa 26 foizga kamayganini aniqlagan.
Tadqiqot mualliflarining taxminiga ko‘ra, bu tuxumning «yaxshi» xolesterin miqdorini ko‘paytirishi, yurakni himoya qilishi, shuningdek, organizmdan «yomon» xolesterinni chiqarib tashlashi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, oqsilga boy tuxum qondagi shakar miqdorini kamaytirib, vaznning sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa insult xavfini kamaytirishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Raqiblar o‘zbek bokschisidan cho‘chiyapti: “Bokschilarimiz kushandasi”
Isroil Bayrutga zarba berdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgan
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Odamlar o‘limiga ko‘proq sabab bo‘layotgan eng xavfli avtomobillar sanaldi
Doniyor Toshxo‘jayev lavozimidan ozod etildi