WBA va IBF chempioni Murodjon Ahmadaliyev uylandi

1 daqiqa o'qish2.2K
WBA va IBF chempioni Murodjon Ahmadaliyev uylandi
Foto: Instagram / Bahodir Jalolov
Professional boks bo‘yicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev uylandi. Nikoh oqshomi 2021 yilning 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Ahmadaliyevning to‘yiga ko‘plab taniqli bokschilar hamda chet ellik murabbiylar tashrif buyurdi. Ular orasida bokschilar Bahodir Jalolov, Shahram G‘iyosov, Iqboljon Xoldorov, Hasanboy Do‘stmatov, Isriol Madrimov va boshqa mashhur nomlarni uchratish mumkin.
WBA va IBF chempioni Murodjon Ahmadaliyev uylandi
Foto: Instagram
17 dekabr kuni Toshkentda jang o‘tkazgan Elnur Abduraimov esa Ahmadaliyevga kuyovjo‘ralik qildi.

Qayd etish kerak, avvalroq badiiy gimnastikachi Sabina Toshkenboyeva va taekvondochi Niyoz Po‘latov turmush qurishi haqida xabar berilgandi.

Ungacha esa Tokio—2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi Bekzod Abdurahmonov va ushbu Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston bayroqdori bo‘lgan taekvondochi Nigora Tursunqulova oila qurgani hamda ularga Prezident tabrigi va sovg‘alari yetkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev 2021 yilning noyabr oyida chililik Xose Velaskesni mag‘lub etib, chempionlik kamarlarini ikkinchi marta himoya qilgan edi. Aprel oyida bo‘lib o‘tgan jangida esa yaponiyalik Ryosuke Ivasani beshinchi raundda nokautga uchratgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?