12:10 / 19.12.2021
1 299

Ko‘z atrofi terisini parvarishlash qoidalari

Ko‘z atrofi terisini parvarishlash qoidalari
Foto: Pinterest
Ko‘pchilik ko‘z atrofidagi terining yaxshi ko‘rinishini saqlab qolish uchun uni har kuni oziqlantiruvchi krem bilan namlash maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Ammo ushbu nozik qism yuz terisidan farqli o‘laroq parvarish qilish uchun alohida yondashuvni talab qiladi.

Birinchidan, u ancha nozik va sezgir, qolaversa, yog‘ bezlari ham kam. Shu sababga ko‘ra, ko‘z atrofi terisi elastikligini ertaroq yo‘qotadi va yuzda yoshga bog‘liq o‘zgarishlar birinchi bo‘lib namoyon bo‘ladi. Terining ajinsiz holatini uzoq vaqt saqlab qolish uchun har kuni ko‘z atrofidagi terini kompleks parvarish qilishga murojaat qilish kerak. U uch bosqichdan iborat – tozalash, namlantirish va oziqatlantirish.

Tozalash
Buning uchun terini quritmaydigan yumshoq tozalash vositalarini tanlash lozim. Bu nafaqat ko‘z qovoqlarining terisi, balki butun yuz uchun ham muhimdir. Makiyajni tozalash uchun zararli bo‘lmagan mahsulotlardan foydalanish kerak – masalan, gidrofilik moy yoki sut.

Namlantirish
Namlash bosqichida faol moddalarga boy maxsus mahsulotlarni tanlash kerak. Bunga gialuron kislotasi, o‘simlik moylari, skvalan, glitserin, peptidlar va yog‘li kislotalarga asoslangan mahsulotlar kiradi. Krem, gel yoki sivorotka (zardob)ni chuqur singdirish uchun mahsulotni ichki burchakdan tashqi burchakka yumshoq massaj harakatlari bilan qo‘llash tavsiya etiladi.

Ko‘karish va shishdan qanday qutulish mumkin?
Agar ko‘z ostida ko‘karishlar bo‘lsa, tarkibida retinol, bakuchiol yoki C vitamini mavjud kosmetik vositalardan foydalanish mumkin. Mutaxassislar muzdan foydalanishni tavsiya etmaydi, chunki u yuz nervining shamollashiga olib keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘z atrofi terisini parvarishlash qoidalari