21:30 / 03.01.2022
1 019

Tunda iste’mol qilingan qanday mahsulotlar vazn ortishiga sabab bo‘lmaydi?

Tunda iste’mol qilingan qanday mahsulotlar vazn ortishiga sabab bo‘lmaydi?
Foto: «Gastronom»
Albatta, har qanday tungi gazak oshqozon uchun foydali emas, lekin haqiqat o‘z hukmini o‘tkazadi va ba’zida muzlatkich oldiga borishdan bosh tortishning imkoni bo‘lmaydi. Xo‘sh, tunda iste’mol qilingan qaysi mahsulotlar ortiqcha vaznga sabab bo‘lmaydi?

Odatda tunda uyqu kelmagan vaqtda inson qandaydir yeguliklar iste’mol qilishni xohlaydi, ammo bu vaznga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shish, qorin bo‘shlig‘idagi noqulaylik, qo‘shimcha kilogramm − tungi ishtahadan keyin ertalabki bunday sovg‘alarni hech kim, albatta, qabul qilishni xohlamaydi. Qomatni saqlab qolgan holda kechasi qanday mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin? Ushbu savolga nevrolog, tibbiy bloger va yozuvchi Olga Gofman javob beradi.

Bug‘doy donidan non bilan tuzlangan karam
Bug‘doy donidan non va tuzlangan karam nafaqat vaznni bir xilda ushlab turishda, balki uni kamaytirishda ham eng samarali yegulik hisoblanadi. Tuzlangan karam tarkibida sut kislotali laktobakteriyalar mavjud bo‘lib, u hazm qilishga yordam beradi va oshqozon-ichak kasalliklarining oldini oladi.

Unib chiqqan donlar, o‘z navbatida, o‘simlik tolasi, Ye vitamini va minerallarga boy. Unib chiqqan donlardan tayyorlangan non bilan tuzlangan karam, masalan, bug‘doy, ichak mushaklarining qisqarishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatishi va uning peristaltikasiga hissa qo‘shadi. Natijada ertalab dam bo‘lmagan qorin bilan uyg‘onish mumkin.

Qaynatilgan tovuq yoki kurka filesi
Kechasi iste’mol qilingan ovqat oqsil yoki kletchatkali bo‘lishi kerak, lekin hayvon yog‘i emas. Qaynatilgan tovuq yoki kurka filesi past kaloriya miqdori tufayli tungi gazak uchun parhez variant bo‘ladi. Biroq jigar va buyrak kasalliklari tufayli bunday kechki ovqat, albatta, foydali bo‘lmaydi.

O‘simlik sutidagi bir stakan oqsil
Zardob oqsili diyeta uchun qo‘shimcha oqsil manbayi hisoblanadi. U nafaqat sportchilar, balki shifokorlar tomonidan ham oqsil darajasini to‘ldirish uchun keng qo‘llaniladi, chunki bu oqsil yaxshi so‘riladi. U yaxshi to‘yinganlikni ta’minlaydi, ishtahani bo‘g‘adi va boshqa narsalar qatorida gormonlar sintezi va tanani zararsizlantirishni rag‘batlantiradigan foydali aminokislotalarni o‘z ichiga oladi.

Zaytun moyi bilan bir stakan salat
Kunning istalgan vaqtida ko‘katlardan tayyorlangan salat tana uchun foydali gazakdir. Xohishga ko‘ra, bodring va kunjut urug‘ini sepib, zaytun moyi iste’mol qilish mumkin. Bunday aralash salat yetarli darajada foydali va undan keyin vaznning ortishidan xavotir olmasa ham bo‘ladi.

Qaynatilgan tuxum oqi
Bitta tuxum sarig‘ida, taxminan, 4,5 gramm yog‘ va 139 mg xolesterin mavjud. Bu, albatta, parhez taom emas, shuning uchun omletni nonushta uchun qoldirish lozim. Ammo tuxum oqlari hatto kechasi iste’mol qilish uchun ham to‘g‘ri keladi. Shuni esda tutish kerakki, ayrim toifadagi odamlar uchun bu allergik mahsulotdir. Buni aniqlash uchun, albatta, allergenlar uchun tahlildan o‘tish va agar allergiya aniqlanmasa, uni har qanday vaqtda iste’mol qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tunda iste’mol qilingan qanday mahsulotlar vazn ortishiga sabab bo‘lmaydi?